«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini (masofadan) o‘tkazish to‘g‘risida


XABARNOMA

Hurmatli «O‘zbekiston sanoat qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadori!

 

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@sqb.uz), Sizga 2026-yil 8-aprel kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 11-00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/. orqali Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.

YIG’ILISH KUN TARTIBI:

1.     «O‘zsanoatqurilishbank» ATB ustaviga (yangi tahrirda) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risida.

2.     «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kengashi to‘g‘risida nizomga (yangi tahrirda) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risida.

3.     «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvi to‘g‘risida nizomga (yangi tahrirda) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risida.

4.     «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kengashining 1 nafar a’zosining vakolatlarini muddatidan avval tugatish to‘g‘risida.

5.     Bank Kengashida bo‘sh bo‘lgan o‘rinlarga yangi a’zolarni saylash to‘g‘risida.

·       Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishning o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2026-yil 16-mart.

·       Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2026-yil
3-aprel.

·       Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishish yoki info@sqb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda 2026-yil 8-aprel kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 1000 da boshlanib, 1100 da to‘xtatiladi.

 

 

Murojaat uchun telefonlar: (78) 120-45-00 (ichki 85-55); (99894) 711– 13 – 75.


Дата последнего обновления: 18.03.2026 16:58  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo