«Özsanoatqurilişbank» ATB rasmiy munosabati


04.11.2026 15:27

Ijtimoiy tarmoqlarda «Özsanoatqurilişbank» ATB tomonidan ötkazilgan xarid jarayoni va uning natijalari yuzasidan bildirilgan fikrlar munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Davlat xaridlari elektron tizimida 2026-yil 20-oktyabr kuni bank tomonidan 26120012517114-sonli lot böyiça xarid natijasi e’lon qilingan. Mazkur xarid sinxron tarjima uskunalarini xarid qiliş emas, balki xorijiy delegatsiyalar taşriflari davomida sinxron va izçil tarjima xizmatlarini körsatiş hamda zarur uskunalarni ijaraga olişni nazarda tutgan.

Xarid jarayonida uçta iştirokçining takliflari körib çiqilgan. Belgilangan tartib va mezonlar asosida ötkazilgan baholaş natijalariga köra, «LINGVA GALACTICA» MÇJ ğolib deb topilgan. Imzolangan şartnoma qiymati 500 million sömni taşkil etgan.

«LINGVA GALACTICA» MÇJning rahbari va ta’sisçilari haqidagi ma’lumotlar oçiq manbalarda keltirilgan. Şu bilan birga, korxona rahbarining qarindoşlik aloqalari haqidagi ma’lumotning özi uning bank bilan imzolangan şartnomasi yoki xarid natijalariga ta’sir körsatganini anglatmaydi. Mazkur xaridda ğolib iştirokçilarning takliflari belgilangan talab va baholaş mezonlari asosida körib çiqilişi natijasida aniqlangan.

«Özsanoatqurilişbank» ATB öz faoliyatida oçiqlik, şaffoflik va qonuniylik tamoyillariga amal qiladi. Bank faoliyatiga oid jamoatçilik savollari va mulohazalarini hurmat qiladi hamda ular yuzasidan zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etişga tayyor.







Other news

11/20/2026 05:39:16 pm
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...

11/19/2026 03:39:23 pm
SQB tajribasi Singapurda: Özbekiston banki xalqaro AI muloqotida

Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...

11/19/2026 10:30:33 am
SQB kõmagida ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş bõyiça hududiy trenerlar malakasi oşirildi

“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...


Last updated date: 05.11.2026 11:35  
up