Talablar:
Oliy yuridik ma’lumot;
Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi.
Asosiy vazifalar:
Bank mulkining huquqiy himoyasini tashkil etish;
Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;
Qarzdorlikni undirish bo‘yicha namunaviy va individual strategiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda ularning hududlarda amalga oshirilishini ta’minlash;
«Legal» elektron platformasiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish;
Muammoli kreditlar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini tayyorlash va kiritish;
Nizolarni sudgacha hal etish va muzokaralarda ishtirok etish;
Bank manfaatlarini barcha sud instansiyalarida himoya qilish;
Bankka nisbatan bildirilgan talabnomalarning ko‘rib chiqilishi va ularga javob berilishini nazorat qilish;
Ijro ishlarini yuritish, to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) jarayonlari va kreditorlar yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Ijro hujjatlarini tayyorlash va ularni Majburiy ijro byurosi (MIB) organlariga topshirishni ta’minlash;
Davlat ijrochilarining harakatlarini nazorat qilish va ularning qonunga xilof harakatlari ustidan shikoyat qilish;
Yuridik xulosalar, ishonchnomalar, so‘rov va murojaatlarga javoblar tayyorlash;
Shartnomalar va hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
Qarzdorlikni undirish va aktivlarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa yuridik vazifalarni bajarish.
Hujjatlarni topshirish:
Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Asosiy vazifalar: • BXM faoliyatini samarali boşqariş, biznes-reja, savdo körsatkiçlari va KPI baja ...
Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Talablar: ...
Lavozim: Hisobot, tahlil va raqamlaştiriş xizmati yetakçi menejeri Örta biznes yönalişida hisobotla ...
