Oilaviy karta: bolani moliyaviy savodxonlikka oʻrgatamiz

Farzandingiz qanchalik oldin pulni boshqarish qoidalarini oʻrgansa, kelajakda unga shunchalik oson boʻladi. Oqilona, mustaqil, maʼsuliyat, boshqalarga gʻamxoʻrlik, rejalashtirish qobiliyati – bu bolalarda pullarni mustaqil boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradigan baʼzi fazilatlardir. Bolaga birinchi summani 4-7 yoshlarida, yaʼni oddiy matematik hisob-kitoblarni qila oladigan yoshda ishonib topshirish mumkin.   Doʻkonlarga mahsulot sotib olish uchun birga tashrif buyuring va amalda narxni mahsulotning sifatiga va miqdoriga bogʻliqligini tushuntiring. Farzandingizga ajratilgan summaga oʻz hohishiga binoan haridlar qilishiga imkon bering, lekin oʻzingiz nazorat qilib turing.

Kattaroq yoshga yetganda farzandingizni oilaviy byudjetni rejalashtirishga va daromadni taqsimlash ishlariga jalb eting. Shu yoʻl bilan farzandingiz harjatlar majburiy va tahminiy toʻlovlarga, kerakli harajatlarga, ixtiyoriy harajatlarga, hamda omonatlar va investitsiyalarga boʻlinishini bilib oladi.

Farzandingizning doimo choʻntagida pullari boʻlsin- bu qatiy belgilangan summa boʻlib, u vujudga kelishi mumkin boʻlgan harajatlarni hisobga oladigan boʻlishi kerak. Bu summani yaxshi baho olgani yoki uy ishlariga qarashgani bilan bogʻlash kerak emas ( bu uning toʻgʻridan toʻgʻri majburiyatlari sirasiga kiradi), lekin qoʻshimcha yordamni, masalan, hovlidagi ishlarga koʻmak berishi va boshqalarda ragʻbatlantirish mumkin. Juda ham istayotgan narsani sotib olishi uchun pulni oz ozdan yigʻib borish mumkinligi haqida tushuntiring.

Farzand bir oz ulgʻaygach, unga alohida bank kartasini ochish juda yaxshi yechim boʻladi. “Oilaviy karta” xizmati bir nechta kartani yagona hisobga bogʻlash imkoniyatini beradi. Bu nima beradi?

  •  “Ota-bola” munosabatlari yanada mustahkamlanadi, farzandingiz unga boʻlgan ishonchingiz kuchayib borayotganini his qiladi;

  •  farzandingizga oʻzi bilan naqd puldan koʻra plastik karta olib yurishi ancha qulay (havfsizroq ham). Faqat unga albatta karta bilan toʻgʻri muomala qilish qoidalarini oʻrgating: PIN-kodni hech kimga maʼlum qilmaslik va boshqalar;
  •  farzandingiz haridlarni qilganda toʻlovni bank kartasi orqali amalaga oshiradi. Bu esa oʻz navbatida u biron bir narsani shubhali joydan yoki “qoʻldan” sotib olmasligini kafolatlaydi;

  •  farzandingiz oʻz xarajatlarini oʻzi toʻlashi mumkin, masalan uyali aloqa xizmatlari uchun;

  •  farzandingiz qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, siz uning kartasining balansini toʻldirishingiz mumkin.

Agarda sizda xaligacha farzand uchun bank kartasi borasida shubha-gumonlar boʻlsa, shuni yodda tutingki, hozirgi bolalar bu raqamli avlod vakillaridir. Ular onlayn-xizmatlar va boshqa zamonaviy imkoniyatlardan, koʻp hollarda, biz kattalalardan yaxshiroq va mohirlik bilan foydalanadilar.


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 15:11  
up