Eskirgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan kupyura

Eskirgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan kupyura – bu hali soʻnggi hukm emas

Eng koʻp tarqalgan va koʻp savollar tugʻdiradigan muammolardan biri bu – eskirib qolgan kupyuralarni nima qilish mumkin? Ayniqsa bu masala xorijiy valyutaga taaluqli boʻlsa, chunki aynan “kelajak uchun” deb yigʻib qoʻyiladigan pullar koʻp hollarda aynan horijiy valyutada saqlanadi

Keling, bir necha asosiy savollarni koʻrib chiqamiz.

1. Buzilgan kupyurani qayerda almashtirish mumkin?

Buzilgan yoki eskirib qolgan kupyurani bankning istalgan filialida almashtirish mumkin

2. Shikastlanishning qanday turlarida almashtirishga ruxsat beriladi?

  • banknotning shakli va suratini aniqlashga imkon beradigan ifloslanish va ishqalanishlar;

  • banknot kengligi (uzunligi)ning ¼ qismidan oshmaydigan yopishtirilgan yamoqlar;

  • aynan shu banknotning bir qismi boʻlgan, 1 sm² oshmaydigan yopishtirilgan burchaklar yoki qismlar 

  • banknotning xaqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va xavfsizlik belgilarini 50%dan koʻproq qismini yopib qoʻymaydigan kichik dogʻlar, ikkitadan koʻp boʻlmagan boʻlmagan yozuvlar va muxr izlari (muomaladan chiqarilganligi, soxtalashtirilganligi yoki banknot namunasining holatini tasdiqlovchi markalar bundan mustasno);  

  • ikkitadan koʻp boʻlmagan, diametri 1 mm dan oshmaydigan teshiklar. 

3. Kupyuralar shikastlanishining qanday turlarida almashtirilish mumkin emas?

  • agar kupyura qismlarga ajralib ketgan va yopishtirilgan boʻlsa;

  • banknotning geometrik oʻlchami 3 mm va undan koʻpga oʻzgargan boʻlsa;

  • banknotning rasmi (surat, portret va shakl)ni aniqlashga imkon bermaydigan ifloslanish va ishqalanishlar boʻlsa;

  • banknotlar yumshoq holatga kelib qolib, qattiqlik darajasi sezilarli ravishda yoʻqolgan boʻlsa;

  • asl rangi oʻzgargan yoki rangsiz holatga kelib qolganda;

  • kupyura kuygan yoki yonib ketgan boʻlsa;

  • toʻlovning asosiy belgilaridan birining 50% dan koʻproq qismi moy, boʻyoq yoki siyoh bilan berkitilgan boʻlsa; 

  • kimyoviy reaktiv taʼsiriga uchragan boʻlsa;

  • qasddan suratlari sezilarli darajada oʻzgargartirilgan (rasm, portret), nominal oʻzgartirilgan, himoya tolalari olib tashlangan va katta yozuvlar boʻlsa;

  • chop etishda aniq nuqsoni boʻlsa (himoya tolalalari yoki suv belgilarining notoʻgʻri joylashuvi), tasvirlarning toʻliq bosib chiqarilmaganligi yoki xiralashganligi.

4. Yaroqsiz kupyuralar uchun qanday almashtirish turlari mavjud?

  • soʻmdagi ekvivalentida (komissiya xisobi bilan);

  • xuddi shunday nominaldagi yangi kupyuraga;

  • kattaroq boʻlgan kupyuralarga.

5. Yaroqsiz kupyuralarni almashtirayotganda qancha miqdorda komissiya olinadi?

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB komissiyasi kupyuraning yaroqsizlik darajasiga bogʻliq boʻlib, 5%dan boshlanadi.

NORMA informatsion-xuquqiy portali materiallari asosida tayyorlandi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 14:50  
up