Yangiliklar

Energiya samaradorlik: bank va aholi o‘rtasida ochiq muloqot


24.04.2025 15:39

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyatida “yashil” binolar ahamiyati hamda yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Prezidentimizning 2025-yil 11-mart kuni qabul qilingan “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi. Qarorda kelgusi 5-yilda markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovini 37 foizdan 58 foizgacha kengaytirish, tizimdagi yo‘qotishlarni esa 38 foizdan 20 foizgacha qisqartirish belgilangan.

Tadbir doirasida Surxondaryo viloyatida bankka biriktirilgan tumanlar aholisi va tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda qaror mazmun-mohiyati, “yashil” binolar va yakka tartibdagi uylarda energiya samaradorlikni oshirishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar nazariy ma’lumotlar bilan birga, amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan ham tanishdi.

– 2019-2030-yillarga mo‘ljallangan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlanganidan so‘ng, mamlakatimizda ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarga talab orta boshladi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Green banking” departamenti direktori Bobur Sultonmurodov. – Xususan, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar, “yashil” bino-inshootlarda “yashil” mezonlarga mos texnologik asbob-uskunalar, qurilmalar va materiallar keng qo‘llanilmoqda. Bunday uchrashuvlarda biz yurtdoshlarimizga ushbu imkoniyatlarni amaliy misollar bilan tushuntirib, ularni samarali foydalanishga undayapmiz.

Tadbirda shuningdek, bankning “yashil” kredit mahsulotlari haqidagi taqdimot ham namoyish etildi. Bu kreditlar orqali aholi va tadbirkorlar energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda uy-joylarini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Bank axborot xizmati





Другие новости

12.12.2025 15:49:57
O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq esh ...

11.12.2025 15:06:10
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10.12.2025 18:01:13
Jizzaxda korporativ mijozlar uchun amaliy muloqot va xizmatlar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazi tomonidan Jizzax viloyatida qator tashkilot va muassasalar xodimlari bil ...


Дата последнего обновления: 28.10.2025 17:54  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
logo