500 000 USD ekvivalentigacha
Kredit miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
3 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD
Kredit valyutasi
Individual belgilanadi
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Maqsadsiz
Valyuta:
UZS, USD
Kredit miqdori:
7 000 dollardan 500 000 AQSh dollarigacha (ekvivalentda);
yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar uchun — 1 mlrd so‘mgacha;
200 000 dollardan yuqori kreditlarda maksimal miqdor quyidagicha hisoblanadi:
(so‘nggi 12 oydagi tushum – amaldagi kredit qoldig‘i) / 2
Mijozning barcha banklardagi umumiy kredit yuklamasi, shu jumladan yangi kredit bilan birga, 10 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.
Kreditni ajratish shakllari:
naqd pul ko‘rinishida;
bank kartasiga o‘tkazish orqali;
tovar/xizmat yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazish orqali.
Xorijiy valyutadagi kreditlar 29801-hisob orqali so‘mga konvertatsiya qilinadi
(import shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirish bundan mustasno).
Kredit muddati:
36 oygacha
Foiz stavkasi:
Milliy valyutada (UZS):
60 oydan yuqori muddatlarda — yillik 25% dan
0–35 oy uchun — yillik 28% gacha
Xorijiy valyutada (USD):
60 oydan yuqori muddatlarda — yillik 14% dan
0–35 oy uchun — yillik 15,5% gacha
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan berilgan kreditlarda bank marjasi qo‘shiladi — kredit muddatiga qarab 4%–9%.
To‘lov grafigi:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
differensial yoki annuitet to‘lovlar;
uzoq muddatli kreditlarda differensial usulda asosiy qarz har oy teng qismlarda to‘lanadi;
foizlar har oyda to‘lanadi.
Jalb qilingan resurslardan berilgan kreditlar — manba shartlariga asosan.
differensial yoki annuitet to‘lovlar;
uzoq muddatli kreditlarda differensial usulda asosiy qarz har oy teng qismlarda to‘lanadi;
foizlar har oyda to‘lanadi.
Ta’minot:
Asosiy garovga qo‘shimcha ravishda:
Korxona ustav kapitalining 50% va undan ortig‘iga egalik qiluvchi ta’sischilar
(yoki jami ulushi 50% va undan ortiq guruh ta’sischilar) tomonidan
kredit summasining 125% miqdorida jismoniy shaxs sifatida kafillik talab qilinadi.
Agar kafil korxona bo‘lsa, uning ta’sischilariga ham ayni talablar qo‘llanadi.
Qabul qilinadigan garov turlari va shartlari:
Ko‘chmas mulk:
bank talablari asosida baholanadi;
turar joylar — 50% diskont bilan;
yengil savdo pavilyonlari, issiqxonalar, parrandachilik majmualari, bekatlar garov sifatida qabul qilinmaydi.
Avtotransport:
yengil avtomobillar — 3 yildan eski bo‘lmasligi kerak.
Pul mablag‘lari:
kredit valyutasida.
1. Kredit yuklamasi 100% (kredit miqdori>200,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lganda 50%) dan oshiq bo‘lmasligi lozim. Qarz oluvchi kredit yuklamasi 100% (kredit miqdori>200,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lganda 50%) dan yuqori bo‘lsa, kredit ta’minoti sifatida yuridik shaxs kafilligi taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar: - Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddati 12 oydan kam bo‘lmasligi. - Kafil korxonalar soni 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi. - Qarz oluvchi va kafil korxonaning birgalikdagi kredit yuklamasi 100% (kredit miqdori>200,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lganda 50%) dan oshmasligi. - Kafillik summasi so‘ralayotgan kreditning 125%dan kam bo‘lmasligi.
2. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
3. O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
4. Mijozlarning faoliyat davriga (davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaga asosan) quyidagi talablar mavjud: - Kredit miqdori 50,0 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lganda kamida 6 oy; - Kredit miqdori 50,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan 200,0 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lganda kamida 12 oy. - Kredit miqdori 200,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan 500,0 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lganda kamida 24 oy.
5. Mijozning hisob raqami bo‘yicha so‘ngi 6 oyda (har bir oyda) faoliyati bilan bog‘liq tushumlari mavjud bo‘lishi lozim;
6. 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi (kartoteka-2 qarzdorlik to’g’risidagi ma’lumotnoma boshqa bank tomonidan taqdim etilsa, ushbu ma’lumotnoma taqdim etilgan sanasidan boshlab 30 kun davomida amal qiladi);
7. KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
8. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari quyidagicha: - 31 kundan 60 kungacha muddati o‘tgan qarzdorliklari 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi; - 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi; - 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; - sud jarayonidagi (судебных) kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi; - balansdan tashqari (списанных, задерживает списанный ПКНТ) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi.
9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim (biznes menejer tomonidan maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kredit monitoringi va nazorati departamentining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomasiga asosan amalga oshirilib xulosasida aks ettiriladi. Bunda, kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati еtib kelmagan, qarz oluvchi yеtkazib beruvchini xizmat/mahsulot yеtkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi)
10. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim
etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy va/yoki foiz qarzdorlik bo‘yicha yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
12. Quyidagi shaxslarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim: - Qarz oluvchining; - Qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)si rahbar/ta’sischi bo‘lgan korxonalarning; - Qarz oluvchi korxona rahbari ta’sischi/rahbar bo‘lgan korxonalarning; - Qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)si/rahbarlarining.
13. Korxona ta’sischi(lar) va/yoki direktorining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida (kredit uchun kafilligi taqdim etilayotgan ta’sischilarning barcha banklarda) jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
14. Qarz oluvchi korxonaning (kafillik taqdim etilgan hollarda kafil korxonaning ham) so‘nggi 6 (kredit miqdori>200,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lganda 12) oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi lozim. Bundan quyidagi holatlar mustasno: a) Eski ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan holda, yangi ta’sischilar qo‘shilishi; b) Yaqin qarindoshlar (ota-ona, opa-singil, aka-uka, turmush o‘rtog‘i va farzandlar) o‘rtasida o‘zgarishlar amalga oshirilishi. Tekshiruv biznes menejer tomonidan korxona amaldagi ta’sischisining my.gov.uz saytidagi oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlari orqali o‘rganiladi. Ma’lumotlar nusxasi (screenshot) CRM tizimiga biriktirilishi lozim. Ushbu talablarning bajarilganligi tekshiruvi BXM/BXO biznes menejerlari tomonidan register.stat.uz va ihamkor.uz sayti orqali tekshiriladi. Tekshiruv natijasida so‘nggi 6 oy davomida mijozning qayta ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlangan taqdirda, mijoz Davlat xizmatlari markazidan yuborilgan arizalar to‘g‘risida reestr ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Reestrga asosan har bir o‘zgarish yuzasidan alohida ma’lumotnoma olinadi va ta’sischilar tarkibi o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligi yuzasidan xulosa qilinadi.
15. Faoliyat joyi o‘ziga yoki kredit bo‘yicha kafilligi taqdim etilayotgan ta’sischilarning biriga tegishli bo‘lmagan savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mijozlarga ajratiladigan kreditning maksimal miqdori 100,0 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi lozim.
16. Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga 6 oydan kam bo‘lmasligi lozim
17. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi (shartlar kechiktirib bajarilganda ham ko‘rib chiqiladi).
18. Qarz oluvchining kredit yuklamasini kamaytirish maqsadida taqdim etilgan kafil korxonalar ham ushbu bandda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi lozim.
1. Ariza
2. Qarz oluvchi korxona ta’sis hujjatlari va ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bank kafolati olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar bundan mustasno);
3. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam so‘ralishi mumkin.
Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Garov ob’ekti bo‘yicha mustaqil baxolovchi tashkilot hisoboti;
2. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining bank kafolati ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
3. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
4. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa).
Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;
2. Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno)
3. Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng bank kafolati taqdim etilayotgan bo’lsa);
4. Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
5. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
6. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;

















