
SQBning joylardagi bank xizmatlari markazlari va bank xizmatlari ofislari xodimlari nafaqat mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatish, balki oʻzlari faoliyat yuritayotgan hududlarni obod va koʻrkam saqlashga ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Obod va ozoda ish muhiti, gullarga burkangan maskan inson kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, mehnat unumdorligini oshiradi,. Jamoada yanada koʻtarinki ruh bagʻishlab, masʼuliyat hissini mustahkamlaydi. Bunday tashabbuslar ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Bu kabi ezgu amaliy ishlar Oʻzsanoatqurilishbankning barcha bank xizmatlari markazlari va bank xizmatlari ofislarida izchil davom ettirilmoqda. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bank jamoasining korporativ madaniyati hamda ijtimoiy masʼuliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida muntazam qoʻllab-quvvatlanmoqda.
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING! “Özsanoatqurilişbank” ATBda korrupsiyaviy holatlar haqida xabar beriş uçun maxsus ...
“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...
O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadi ...
