Bank mahsulotlarini rivojlantirish, bozor va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing kampaniyalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
- Bank mahsulotlarini marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
- Bozor va mijoz segmentlarini tahlil qilish.
- Marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Mahsulotlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlari samaradorligini tahlil qilish.
- Analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash.
- Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan mahsulotlarni rivojlantirish va ilgari surish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya, marketing yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
- Bank mahsulotlari bo‘yicha marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmasi.
- Bozor, raqobatchilar va mijoz segmentlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
- Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish tajribasi.
- Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
- Analitik hisobotlar va prezentatsiyalar tayyorlash qobiliyati.
- Excel va BI vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
- Bank mahsulotlari va product marketing asoslarini bilish.
-
Tillarni bilish darajasi:
o‘zbek tili — C1, ingliz tili — B2, rus tili — C1.