AKTIVLAR VA PASSIVLAR XIZMATI MENEJERI


18.09.2026 05:25

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya blokining Aktivlar va passivlar xizmatiga Menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif qiladi.

 TALABLAR

  • Bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumot;
  • Bank tizimida kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimli muammolarni aniqlash qobiliyati;
  • Tahliliy hisobotlar va taqdimot materiallarini tayyorlash ko‘nikmasi;
  • MS Office (Excel, PowerPoint) dasturlarini yaxshi bilish;
  • Samarali muloqot qilish va fikr-mulohaza (feedback) berish ko‘nikmalari;
  • O‘zbek tili — erkin;
  • Ingliz tili — erkin;
  • Rus tili — o‘rta darajada.

Qo‘shimcha ustunlik:
ACCA sertifikatiga ega yoki ACCA imtihonlarining 50% dan ortig‘ini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

 VAZIFALAR

  • Bo‘limlar o‘rtasidagi xizmat yozishmalari va elektron hujjatlar aylanishi bo‘yicha kundalik vazifalarni amalga oshirish;
  • Balans ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
  • Kapital yetarliligi ko‘rsatkichlari va depozit bazasi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
  • Resurslarning transfer stavkalarini davriy hisoblash;
  • Transfer stavkalarini Aktivlar va Passivlarni boshqarish qo‘mitasiga taqdim etish va yangilab borish;
  • Transfer stavkalarini dasturiy tizimga kiritish va hisob-kitoblarni monitoring qilish;
  • Biznes bo‘linmalari vakillariga ularning mahsulotlariga qo‘llaniladigan transfer narxlari bo‘yicha tushuntirishlar berish.

 SHARTLAR VA IMKONIYATLAR

  • Yirik bank tizimida professional faoliyat yuritish va rivojlanish imkoniyati;
  • Bankning real biznes jarayonlari va moliyaviy operatsiyalari bilan ishlash;
  • Aktivlar va passivlarni boshqarish, transfer pricing, kapital yetarliligi va depozit bazasi kabi yo‘nalishlarda amaliy tajriba orttirish;
  • Real biznes keyslar va amaliy vazifalar ustida ishlash;
  • Moliyaviy tahlil va bank jarayonlari bo‘yicha professional bilimlarni rivojlantirish;
  • Tajribali mutaxassislar bilan bir jamoada ishlash;
  • Ish joyi: SQB Bosh ofisi;
  • Ish jadvali: 09:00–18:00;
  • Bandlik turi: Doimiy;
  • Xizmat safarlari: Mavjud emas.




09/18/2026 10:36:34 am
SQB Qatortol BXM ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda ...

09/18/2026 10:29:02 am
SQB Chilonzor BXM ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda ...

09/17/2026 12:52:46 pm
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) jamoasiga Kichik menejer taklif etiladi

Bo‘lim: Ma’lumotlarni boshqarish markazi — Ma’lumotlar sifatini monitoring va nazorat qilish xizmati ...


Last updated date: 18.09.2026 10:25  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит