Tadbirlar

Oʻzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga murosasizlik sertifikati qayta tasdiqlandi


21.06.2023

Oʻzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga murosasizlik sertifikati qayta tasdiqlandi

Joriy yilning 7-9-iyun kunlari Oʻzsanoatkurilishbank korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi bor tashqi kuzatuv audit tekshiruvidan oʻtkazildi. Xalqaro auditorlar xulosasida bankning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiqligi yana bir bor tasdiqdandi.

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzsanoatkurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlar doirasida yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilindi. Zarur ichki normativ hujjatlar ishlab chiqildi, bankning ichki va tashqi muhiti oʻrganildi, korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Natijada, 2022-yilning iyun oyida bank tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati qoʻlga kiritildi. Bunday sertifikat, shuningdek, muassasaning hududiy tarmoqlariga ham taqdim etildi.

Joriy yilda “Cert International” – xalqaro sertifikatlash tashkiloti auditorlari tomonidan oʻtkazilgan tahlil natijasiga koʻra, bank tizimida korrupsiyaga karshi kurashish borasida nomuvofiqliklar aniqlanmay, uning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga munosibligi yana bir bor isbotlandi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

11/29/2023 03:57:29 pm
Oʻzsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurash saʼy-harakatlari sarhisob qilindi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oʻzsanoatquril ...

10/20/2023 05:18:33 pm
2023 yil 4 chorak ommaviy tadbirlar media rejasi

2023-yil 4-chorak ommaviy tadbirlar media rejasi

09/08/2023 11:34:21 am
Oʻzsanoatkurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarda yoʻlga qoʻyilgan

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni kel ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.06.2023 15:34  
up