Press-relizlar

YeTTB O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi


20.05.2024 10:17

Joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida bo‘lib o‘tdi. Yirik anjumanda O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” bank faoliyati YeTTB tomonidan ketma-ket to‘rtinchi bor e'tirof etildi.

Ma'lumki, “yashil” bank O‘zsanoatqurilishbank faoliyatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Uzoq yillik transformatsiya jarayonida muassasa qator xalqaro moliya institutlari, shu jumladan, YeTTB bilan hamkorlikda istiqbolli “yashil” tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.

Xususan, tomonlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida 400 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.

“Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish” va “Tavakkalchilikni taqsimlash” mexanizmlari bo‘yicha ham samarali ishlar olib borildi.

Joriy yilning 14-may kuni Yerevanda o‘tkazilgan YeTTB Boshqaruvchilar kengashining 33 yillik yig‘ilishida Bankka taqdim etilgan navbatdagi mukofot “Yilning yashil savdo bitimi” deya ta'kidlandi.

Bu bilan bankning savdoni moliyalashtirish sohasidagi xizmatlari sifati yuqori baholandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda YeTTBning Boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi Samarqand shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda YeTTB O‘zsanoatqurilishbankni “Savdoga ko‘maklashish” dasturi doirasida “Yilning eng yaxshi yashil loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlagan edi.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

27.04.2024 22:37:21
Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi

PRЕSS RЕLIZ Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli ...

05.11.2018 10:12:02
Xitoy Sanoat-tijorat banki vakillari bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha press-reliz

2018 yil 1 noyabrda Xitoy Sanoat-tijorat banki Global moliyalashtirish departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjao Fut ...

05.11.2018 10:09:57
Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (IIEKSK) vakillari bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha press-reliz

2018 yil 30 oktyabr kuni Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (IIEKSK) Ijrochi dire ...


Дата последнего обновления: 20.05.2024 10:20  
up