Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank 15 ta kutubxona barpo etib, foydalanishga topshirdi


03.05.2024 18:02

O‘zsanoatqurilishbank 15 ta kutubxona barpo etib, foydalanishga topshirdi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan poytaxtimizdagi 15 ta mahallada zamonaviy kutubxonalar barpo etilib, foydalanishga topshirildi.


Yurtimiz azaldan ilm-maʼrifat markazi boʻlgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon shaharlaridagi hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan. Asrlarki davom etayotgan ushbu anʼanaga Prezidentimiz rahnamoligida tashkilot va muassasalar ham hissa qoʻshmoqda.

Oʻzsanoatqurilishbank tashabbusi bilan Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Ahillik” va “Alisherobod”, Olmazor tumanidagi “Nihol”, Uchtepa tumanidagi “Zargarlik” va “Diyorobod”, Chilonzor tumanidagi “Boʻshqoʻrgʻon” va “Qatortol”, Shayxontohur tumanidagi “Bogʻ koʻcha”, Sergeli tumanidagi “Nilufar”, Mirobod tumanidagi “Tong yulduzi”, Yakkasaroy tumanidagi “Belariq”, Yashnobod tumanidagi “Oʻqchi olmazor”, Yunusobod tumanidagi “Akbarobod”, Gʻayratiy va Uvaysiy nomli mahallalarda zamonaviy kutubxonalar bunyod etildi. 

Kutubxonalar fondi jami 16 ming dona kitobdan iborat. Ularning har biri esa, mingdan ziyod milliy va xorijiy adabiyotlar bilan boyitildi. 




– Mahallamizda yoshu qarining quvonchi cheksiz, – deydi Yunusobod tumanidagi “Akbarobod” mahalla fuqarolari yigʻini raisi Abduvohid Xoʻjayev. –  Ayniqsa, kutubxonaga oshiqib kirib kelayotgan oʻgʻil-qizlarimizni koʻrib koʻnglimiz yorishib ketayapti. Ular bu yerda oʻqigan asarlari boʻyicha bir-birlari bilan fikr ham almashmoqda. Yana bir eʼtiborli jihati, kutubxonalar maktab oʻquvchilarining ayni yozgi taʼtili oldi tashkil etildi. Endilikda ota-onalar farzandlarini boʻsh vaqtida kutubxonaga jalb qiladigan boʻldi. Kitobsevarlar uchun esa, kitob xarid qilishga yohud vaqt va yoʻlkira sarflab kutubxonaga borishga hojat qolmadi. 
Kutubxonalarda, shuningdek, kitoblarni munosib saqlash va bir paytning oʻzida 150 nafar kitobxonga sifatli xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 15 nafar kutubxonachi ishga jalb qilindi. 



– Men uchun kitob – bu xolis doʻst, murabbiy, qalbimga xalovat va zavq beruvchi tengsiz bilim manbai, – deydi Chilonzor tumani “Boʻshqoʻrgʻon” mahallasidagi kitobxonlardan biri Odina Maxramova. – Mutolaa har kungi hayot tarzimdan oʻrin olgan. Aynan muqovali, qogʻozga chop etilgan kitoblarni oʻqishni yoqtirganim bois mahallamizda kutubxona ochilganidan juda sevindim. Buyuk asarlarni oʻqish – saodat. Ana shunday baxtdan bahra olayotgan tengdoshlarimga xayrli mutolaa tilash barobarida, ularni yangi kutubxonamizga chorlab qolaman.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

18.07.2025 18:53:23
Muloqot, yechim, qo‘llab-quvvatlash: Sariosiyoda amaliy uchrashuv

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ...

18.07.2025 15:37:41
Juma – milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...

18.07.2025 14:21:34
“Euromoney” tomonidan SQB O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

Londondagi “Euromoney Awards for Excellence 2025” taqdirlash marosimida xalqaro ekspertlar Bankning keng ko’lamli transf ...


Дата последнего обновления: 28.05.2024 18:00  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo