Yangiliklar

“S&P Global Ratings” Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingi “Barqaror”ligini tasdiqladi


03.02.2023 18:53

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingini ВВ- darajada “Barqaror” prognoz bilan tasdiqladi.

Ekspertlar fikriga koʻra, bank xizmatlari bozoridagi faollik moliya muassasasining korporativ sektorda mustahkam oʻrin egallaganini bildiradi. Bu, oʻz navbatida, bank kapitallashuvining barqaror kechishiga turtki beruvchi rentabellik va kredit portfelidagi tijorat kreditlari ulushining oshishiga xizmat qiladi.

“S&P Global Ratings” tahliliy guruhi tomonidan berilgan bahoga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank rivojlangan sotuv shoxobchalari tarmogʻi hamda barqaror moliyaviy indikatorlari hisobiga uning tashqi profiliga ijobiy taʼsir qiluvchi katta imkoniyatlarga ega.

Shuningdek, bankning zahiralarni shakllantirishdagi qoʻshimcha ehtiyojlari yoki kreditlashning agressiv oʻsishi bilan bogʻliq tavakkalchiliklari kamayishi munosabati bilan kapitallashuvdagi adekvat koʻrsatkichlarni kelgusida ham saqlashi barqaror prognozni belgilamoqda.

Qayd etilganidek, bozorning oʻzgaruvchanligiga qaramasdan, Oʻzsanoatqurilishbank korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlamoqda, tavakkalchiliklarni boshqarish vositalarini takomillashtirishni davom ettirmoqda, oʻz mijozlari uchun raqamli mahsulot va xizmatlarni rivojlantirishga sarmoya kiritib, operatsion samaradorligini oshirmoqda.

“Barqaror” darajadagi prognoz, shubhasiz, Bank kapitalining yetarlicha miqdorini anglatadi. Bu esa, bank aktivlari holati sezilarli yaxshilangani va mahalliy biznes maydonidagi yuksak maqveidan dalolat beradi.

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston bank sektorida aktivlar va oʻz kapitali miqdori boʻyicha yetakchi oʻrin egallaydi. Respublikaning barcha hududlarida oʻz boʻlinmalari va xizmat koʻrsatish tarmoqlariga ega. Ular orqali mamlakatdagi koʻplab yirik strategik kompaniyalarga xizmat koʻrsatadi.

Mijozlar bazasi murakkab tashqi sharoitlarga qaramay oʻsishda davom etmoqda. Jumladan, bugungi kunda 1,4 million chakana va 74 ming korporativ mijozlari mavjud, deyilgan “S&P Global Ratings” hisobotida.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

26.07.2024 16:42:53
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida

O‘zsanoatqurilishbank kibertahdidlardan ogohlantiradi! So‘nggi yillarda bank kartalari, mobil iloval ...

25.07.2024 14:02:39
O‘zsanoatqurilishbankda sun’iy intellekt joriy qilinmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy in ...


Дата последнего обновления: 03.02.2023 18:53  
up