Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida texnik koʻmaklashuv bitimi imzolandi


31.01.2023 10:41

Oʻzsanoatqurilishbank va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida texnik koʻmaklashuv bitimi imzolandi

Joriy yilning 30-yanvar kuni Oʻzsanoatqurilishbank va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) oʻrtasida qiymati 400 ming yevroga teng texnik koʻmaklashuv boʻyicha bitim imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir FTAning Turkiya, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Gʻarbiy Bolqon mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Sesil Kupri rahbarligidagi delegatsiyaning davlatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning oʻtgan yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida 2025-yilga moʻljallab yangi strategik hamkorlik dasturi imzolandi. Hujjatga asosan FTAning Oʻzbekistondagi faoliyati qishloq xoʻjaligi, energetika, yashil iqtisodiyot, bank-moliya, shahar sharoitlarini yaxshilash (suv taʼminoti, chiqindilar va kanalizatsiya tizimlarini boshqarish), transport sohasi kabi bir nechta yoʻnalishlarga kengaydi. Fransiya taraqqiyot agentligi va Oʻzsanoatqurilishbank oʻrtasida qiymati 30 mln. yevroga teng grant bitimi tuzildi.

Joriy bitim ushbu kelishuvning mantiqiy davomi boʻlib, unga koʻra FTAning Bank tomonidan iqlimga oid loyihalarni ishlab chiqishda 4 yil davomida texnik koʻmak koʻrsatishini ifodalaydi.

Bunda iqlim bilan bogʻliq loyihalar uchun texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, loyihalar maqbulligini baholash, kredit liniyasini texnik va moliyaviy baholash, monitoring qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologik va ijtimoiy tavakkalchiliklarni boshqarish va marketing qilish hamda kommunikatsiya faoliyatga koʻmaklashish kabi ishlar koʻzda tutilgan.  

Taʼkidlash joizki, Oʻzsanoatqurilishbank Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib FTAdan davlat kafolatisiz toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirishni qoʻlga kiritgan moliya instituti sanaladi.

FTAning ushbu qarz mablagʻlari Bankning yashil loyihalarni ilgari surish va amalga oshirish borasidagi faoliyatiga hissa qoʻshadi.

Maʼlumot uchun. 1941-yilda tashkil etilgan Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) davlat moliyaviy muassasa hisoblanib, qarorgohi Parij shahrida (Fransiya) joylashgan. Bugungi kunda dunyo boʻyicha 85 ta xorijiy vakolatxonaga ega boʻlgan tashkilot foliyati Fransiyaning dengizorti hududlari va 115 mamlakatda iqlim oʻzgarishi, bioxilma-xillik, gender tengligi, taʼlim va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlaridagi 4 mingdan ziyod loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashishga qaratilgan.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

26.07.2024 16:42:53
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida

O‘zsanoatqurilishbank kibertahdidlardan ogohlantiradi! So‘nggi yillarda bank kartalari, mobil iloval ...

25.07.2024 14:02:39
O‘zsanoatqurilishbankda sun’iy intellekt joriy qilinmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy in ...


Дата последнего обновления: 01.02.2023 11:18  
up