Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank va “Integration” xalqaro konsalting kompaniyasi o‘rtasida kichik va o‘rta biznes sektorida issiqxona gazlarini kamaytirishda hamkorlik qilish yuzasidan memorandum imzolandi.
Ushbu kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “Xususiy sektorni “yashil” tamoyillar asosida rivojlantirish va iqtisodiy maslahat” loyihasi doirasida erishildi.
GIZ ko‘magidagi mazkur loyiha O‘zbekistonda biznes uchun ekologik barqaror muhit yaratishga qaratilgan. Asosiy maqsadi korxonalarning issiqxona gazlarilarini kamaytirish maqsadida resurslar va energiyadan foydalanish samaradorligini to‘liq baholash, chiqindilarni tanlash va qayta ishlash, oqava suvlarni tozalashda alohida yondashish bo‘yicha yordam berishga qaratilgan.
Bank xodimlari loyiha doirasida “O‘zbekistonda biznes va ekosanoat parklarini rivojlantirishda ekotizim xizmatlarini yaratishga mo‘ljallangan “yashil” sanoatlashtirish” yo‘nalishida o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Bank Axborot xizmati
Bugungi globallashuv davrida yoshlarni iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, ularning tadbirkor ...
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va bank nomi qayd etilgan holat ...
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’ ...