Yangiliklar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Turkiyaning “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


06.06.2024 10:23

Joriy yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan boʻladi.

Tashrif oldidan Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qoʻchqorov va Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti J.Yilmaz ishtirokida Oʻzbek–Turk biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Turkiyaning eng yirik xususiy banklardan biri va oʻzining innovatsion va fintex mahsulotlari bilan mashhur “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” oʻrtasida umumiy qiymati 40 mln dollarlik mablagʻlarni jalb qilish yuzasidan Hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mablagʻlar savdoni moliyalashtirish, kichik va oʻrta biznes vakillarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston va Turkiya biznes hamkorlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida “Aktif Yatirim Bankasi A.S.”da korrespondentlik hisob raqamini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.




Другие новости

20.05.2025 14:36:25
SQB: xalqaro moliya maydonidagi strategik hamkorlik samaralari

Joriy yilning 20-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning 2024 ...

20.05.2025 09:50:22
Qonun moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Joriy yil 4-mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to ...


Дата последнего обновления: 06.06.2024 12:01  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo