Yangiliklar

Bank kreditlari issiqxonalar istiqboliga xizmat qilmoqda


22.05.2024 17:35

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uzluksizligida issiqxonalarning alohida o‘rni bor. Ma'lumotlarda keltirilishicha, so‘nggi yillarda yurtimizda ularning maydoni 2,6 baravar, mahsulot yetishtirish hajmi 3 baravardan ziyod oshgan. Tarmoqda 80 ming aholi doimiy va 70 ming nafari mavsumiy ish bilan band.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan navbatdagi press-tur Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi issiqxonalardan biri – “Red Star Oxus” korxonasiga tashkil etildi.IMG_2202.JPG

Davlatimiz rahbari boshchiligida issiqxona xo‘jalikliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi, moliyaviy yengilliklar belgilandi.

“Beshinchi avlod” texnologiyasiga asoslangan “Red Star Oxus” korxonasi issiqxonasi ham O‘zsanoatqurilishbankning imtiyozli kreditlari hisobiga barpo etilib, u yerga avtomatik ulьtra iqlim boshqaruv tizimiga ega gidroponika tipidagi issiqxona kompleksi o‘rnatilgan.

                                                                                                                                  Islohotlarga hamohang tadbirkorlik

– Issiqxonalar meva-sabzavotlarni o‘stirish texnologiyasiga qarab geoponika (tuproqli) va gidroponika turga bo‘linadi, – deydi “Red Star Oxus” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari Zohid Ro‘zmetov. – Biz talangan gidropon issiqxonalar zamonaviy, undagi barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan. Ko‘chatlar to‘proqqa emas, neytral substrat (shag‘al, qum, keramzit) bilan to‘ldirilgan so‘kchaklar ichiga qadaladi. Ularni oziqlantirish va sug‘orish esa, avtomatlashgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

Press-turda jurnalistlar issiqxona xo‘jaligi bilan tanishar ekan, uning faoliyati mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish va atrof-muhit barqarorligini ta'minlash, bandlikka ko‘maklashish va eksportni rivojlantirish borasidagi islohotlarga hamohang ekanligiga guvoh bo‘ldi.IMG_2200 (2).JPG

6 gektar maydonga ega issiqxonada yiliga o‘rtacha 2000-2500 tonna pomidor, bodring, ularning ko‘chatlari va har xil ko‘katlar yetishtiriladi. Mahsulotlarning bir qismi xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinayotgan bo‘lsa, yana bir qismi xorijiy bozorlarga yetkazib berilmoqda.

E'tiborlisi, elikka yaqin mahalliy aholi ish bilan ta'minlangan, mavsumda yana shuncha kishi ishga jalb qilinishi ta'kidlandi.

– Issiqxona konstruktsiyalari Gollandiyaning “Kubo Greenhouse projects” kompaniyasiga tegishli, “yashil” texnologiyalar sirasiga kiradi, – deydi Zohid Ro‘zmetov. – Unga ko‘ra issiqlik ventilyator yordamida ulьtra iqlim zonasiga tortiladi va plastik quvurlar orqali ko‘chat ildiziga ehtiyoj darajasida yuboriladi. Bu esa, katta miqdorda energiya va suvni tejashga yordam bermoqda.

Shuningdek, issiqxona tepasiga quyosh nuriga o‘xshash xususiyatga ega maxsus chiroqlar o‘rnatilgan. Bu fotosintez jarayoniga sezilarli ta'sir ko‘rsatib, hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, plyonkali issiqxonalarda pomidor ko‘chati 6 oy hosil bersa, mazkur innovatsion issiqxonada yil mobaynida mahsulot olinmoqda.

                                                                                                                                            Hosildagi baraka siri

– 2023 yilgi hosildan 6,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ichki bozorga, 800 ming dollarlik mahsulot esa, xorijga eksport qilindi, – deydi Zohid Ro‘zmetov. – Bunday natijaga ham mehnat, ham izlanishlar tufayli erishib kelayapmiz. Urug‘larni sinovdan o‘tkazish, ko‘chat yetishtirish, meva-sabzavotlarni saqlash, saralash va qadoqlash bo‘limlari ishi doimiy ravishda takomillashtirib kelinmoqda. Mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslar zaxirasini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Raqobatbardoshlik hamda faoliyatimiz samardorligini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan uzviy hamkorlik qilinmoqda.

Xo‘jalikda mahsulot yetishtirishning tabiiy usulidan ham foydalaniladi. O‘simliklar asalarilar yordamida changlantiriladi. Bu esa, mahsulot yetishtirish muddatini tezlashtirishga, sifatli va eksportbop bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Bankning Xorazmdagi ustuvor faoliyati

An'anaga ko‘ra, press-tur dasturidan matbuot anjumani ham o‘rin oldi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari bankning hududda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yetakchi tadbirkorlarga moliyaviy ko‘maklashib, aholi daromadligini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan ma'lumotga ega bo‘ldi. Xalqqa manzur bo‘layotgan bank xizmat va mahsulotlari haqida bilish uchun mijozlar bilan muloqot qildi.IMG_2187.JPG

 – Viloyatimizda “Sayhunobod” tajribasini tatbiq etish maqsadida 21 ta mahallada 180 dan ziyod mijozlar hamda tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xorazm viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi Maqsudbek Ro‘zimov. – Ushbu mahallalarning drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib “mahalla yettiligi” bilan birgalikda uyma-uy o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada, 147 ta kam daromadli oilaning o‘z tomorqasidan tashqari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va boshqa yo‘nalishlar bilan shug‘ullanib, yillik daromadini jon boshiga 1,5 million so‘mga yetkazish choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun mazkur oilalarga jami 1,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tadbirda jurnalistlar bank tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish, shuningdek, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taklif etilayotgan imtiyozli shartlardagi kredit mahsulotlari bilan tanishtirildi.

https://youtu.be/NpO494X4lbA

Bank Axborot xizmati





Другие новости

26.07.2024 16:42:53
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida

O‘zsanoatqurilishbank kibertahdidlardan ogohlantiradi! So‘nggi yillarda bank kartalari, mobil iloval ...

25.07.2024 14:02:39
O‘zsanoatqurilishbankda sun’iy intellekt joriy qilinmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy in ...


Дата последнего обновления: 27.05.2024 12:53  
up