E'lonlar

UZCARD DUO yangi karta namunalari endi “O‘zsanoatqurilishbank”ning barcha ofislarida


03.02.2023

Hurmatli mijozlar!

Tez orada “Oʻzsanoatqurilishbank”ning barcha ofislarida NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz toʻlovni qoʻllab-quvvatlaydigan yangi UZCARD DUO  kartalariga buyurtma berishingiz va darhol olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

UZCARD DUO  plastik kartasining yangi formati kontaktsiz:
- terminallarda to'lash;
- bankomatlarda foydalanish;
- jamoat transport haqini oson va tez to'lash imkonini beradi.

Shuningdek, yangi kartalar yuqori darajadagi xavfsizlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo‘rttirma belgilariga ega.

Kartaning narxi 50 000 so‘m.

Batafsil ma'lumotlar uchun qisqa 1180 yoki + 99871 200 43 43 raqamiga qo'ng'iroq qiling.



Дата последнего обновления: 13.02.2023 11:21  
up