Ma'naviy yuksalish

“SQB spartakiada-2023”: sport bayrami unutilmas lahzalarga boy oʻtdi


23.10.2023

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “SQB spartakiada-2023” musobaqasi oʻtkazildi. 
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan musobaqada Bank bosh ofisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi tarmoqlar xodimlaridan iborat 15 ta jamoa, 500 dan ziyod ishtirokchi bilan qatnashdi.
  Ular sportning 7 ta turi – minifutbol, tennis, badminton, suzish, stol tennisi, shaxmat va voleybol boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.
Qariyb 2 kun davom etgan musobaqada sport ixloslandlari keskin va murosasiz kurashlarning jonli guvohiga aylandi. 
Sport bayramida tomoshabinlar qatorida xodimlarning farzandlari ham oʻz ota-onalarini qoʻllab-quvvatladi. 
Turnir doirasida birinchi marta “Osh chempionati” ham boʻlib oʻtdi. Bu bellashuvda ham aynan bank xodimlari mualliflik qilishdi.  
Gʻoliblar esa, quyidagicha aniqlandi:
1-oʻrin – Bosh bank;
2-oʻrin – Toshkent shahri hududiy boshqarmasi;
3-oʻrin – Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi jamoalariga nasib etdi.
Osh chempionatining gʻolibligini esa, Bankning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi. Navoiy (2-oʻrin) va Andijon (3-oʻrin) viloyatlari hududiy boshqarmalari ham oshpazlik mahorati boʻyicha ustunlik koʻrsatdi.
Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

02/29/2024 12:32:19 pm
“O‘zbekiston – 2030”: harbirinsongaqulayimkoniyat

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi m ...

02/12/2024 12:36:09 pm
Navoiy va Bobur shaxsiga ehtirom

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan buyuk mutafakkirlar, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir ...

02/09/2024 01:51:18 pm
Hikmat Gayratovich: Muvaffaqiyatlarim - mening kuchim

O‘zsanoatqurilishbank tizimida "Lider murabbiy" loyihasiga start berildi. Uning ilk mehmoni bank tizimida 30 yildan buyo ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.10.2023 18:35  
up