Joriy yilning 31 oktyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) tomonidan “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi” (“Green Economy Financing Facility” – GEFF) dasturi doirasida seminar tashkil etildi.
Unda YETTB konsultantlari hamda bankning biznesga oid bo‘linmalari xodimlari ishtirokida “yashil” loyihalar istiqboli va ularni baholash bo‘yicha texnik o‘quvlar o‘tkazildi. Loyihalarni baholashning har bir bosqichi muhokama qilindi.

Bank Axborot xizmati




Oxirgi yangilanish sanasi: 01.11.2023 12:23  
up