Joriy yilning 17-noyabr kuni "yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida O‘zsanoatqurilishbankning qirqdan ziyod ko'ngillilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 500 to'p pista ko'chati ekdilar.
- Bank tomonidan jami 11 gektar maydonda ushbu hudud iqlimiga mos keluvchi 5,5 mingta mevali daraxt ekilishi ko‘zda tutilgan, - deydi O‘zsanoatqurilishbank "Green banking" departamenti direktori Nurber Hasanov. - Ularni sug'orish va parvarishlash uchun barcha choralar ko'rilmoqda. Xususan, tomchilatib sug'orish texnologiyasi o'rnatilib, alohida mutaxassis jalb etilmoqda.
Eslatib o'tamiz, atrof-muhitni himoya qilish, ona tabiatni asrash O'zsanoatqurilishbank faoliyatida asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan bo'lib, bugungi kunda respublika tijorat banklari orasida birinchi bo'lib Green banking tamoyilini joriy etgan moliya muassasasi hisoblanadi.