Orqaga qaytish
627 28.05.2025 09:41
O'zsanoatqurilishbank 28 may kuni bo'lib o'tgan "Avtomobilsiz kun" tashabbusiga sodiq qolishda davom etmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi chiqindi gazlarning atrof — muhitga salbiy ta'sirini kamaytirishdir.
"Yashil" iqtisodiyot tamoyillariga amal qilib, mamlakatning ekologik barqarorligiga hissa qo'shgan holda, "O'zsanoatqurilishbank" ushbu tashabbusda faol ishtirok etmoqda. Aksiya kuni bankning to'xtash joylariga kirish imkoniyati cheklandi, bu esa xodimlarni jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga undadi.
