Bank rahbariyati

Akbarjonov Aziz Akbarjon o'g'li

Photo_3.jpg
  1. Boshqaruv raisi — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Juma kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha 
  3. Telefon: (+99878) 120-45-82
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985 yil 11 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2010 yilda mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bo‘limini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyatini 2018 yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori sifatida boshlagan.

2019 yilning noyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit direktori (CCO), 2020 yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2020 yilning may oyidan 2023 yilning oktyabriga qadar Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli 
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

2023 yilning 3 oktyabridan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Bank Boshqaruv Raisi A.Akbarjonov Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:


-Yuridik departamenti;

- Xodimlarni boshqarish departamenti;

- Ijro nazorati;

- Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti;

- Loyiha boshqaruvi ofisi;

- Axborot xizmati;

- Birinchi boʻlim;

- Ichki audit departamenti ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Korporativ maslahatchi, Korporativ boshqaruv xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich

Photo_6.jpg
  1. Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-05
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 1973 yilda tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent moliya institutini “moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1993 yilda O‘zbek aktsiyadorlik innovatsion tijorat “Ipak yo‘li” banki bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan va mazkur bankda 1998 yilgacha kredit-tijorat investitsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ishlagan. 1998-2006 yillar O‘zbek xalqaro banki “Uzprivatbank” Investitsion loyihalarni baholash, tahlil qilish va kreditlash departamenti boshlig‘i, Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.

2006-2017 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2017-2018 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB buxgalteriya operatsiyalari nazorati  boshqarma boshlig‘i, pul muomalasi va kassa amaliyotlari departament direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 2018 yil fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

2023-yilning dekabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlangan.


Bank Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari A.Ergashev quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;

- Ma'muriy xo‘jalik departamenti;

- Operatsion departament;

- Investisiya qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;

- “SQB Capital” МChJ  faoliyatini muvofiqlashtirish;

Axborot texnologiyalari departamenti;

- Bank kartalari tizimlarini qo'llab-quvvatlash departamenti.

Yakubov Shuxrat Israilovich

Photo_3.jpg
  1. Boshqaruv raisining o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-82
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Yakubov Shuxrat Israilovich 1967-yil 16-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1992-yilda Toshkent avtomobil yoʻllar institutini “yoʻl qurilish mashinalari va jihozlari” yo’nalishida, 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini – “xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1991-yilda “Nigora” kichik korxonasi brokeri lavozimidan boshlagan.

1993-1995 yillarda - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Ekspert-texnik boshqarmasi ekspertiza boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 1995-1996 yillarda - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Investitsiyalar boshqarmasi investitsion loyihalar tahlili boʻlimi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 1996-1997 yillarda - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi birja operatsiyalari boʻlim boshligʻi.
1997 yildan 2001 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi ichki bozordagi konversion amaliyotlar boʻlimi boshligʻi, 2001-yildan 2001 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti xorijiy valyutada kreditlash boshqarmasi boshligʻi.
2001-yildan 2006 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Qatortol filiali boshqaruvchisi, 2006-yildan 2018 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari, 2018 - 2020 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga koʻmaklashish shoʻbasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Yakubov Shuxrat Israilovich 2020-yil 15-oktyabrdan “O’zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining o’rinbosari lavozimiga tayinlangan

Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Sh.Yakubov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Bankni strategik rivojlantirish departamenti;

- Agrosanoat klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;

- Aloqa markazi; 

- Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash

- Katta kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qiladi; 

- Muamomoli qarzdorliklar bilan ishlash qo'mitasi ishiga rahbarlik qiladi. 

vakant


  1. Boshqaruv raisining o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-00 (1007)
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Abduraxmanov Farrux Talipjanovich

Abduraxmanov Farrux Talipjanovich
  1. Boshqaruv raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-95
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Abduraxmonov Farrux Talipjanovich 1980-yil 11-aprelda Qozog'iston Respublikasi Turkiston shahrida tug'ilgan. 

2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr, 2006-yilda magistratura yoʻnalishini tamomlagan.

F. Abduraxmonov o'z faoliyatini 2003-yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi faoliyati 2018-yilda Korporativ mijozlarni moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari vazifasidan boshlangan.

2019 -yildan 2021 -yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti, Muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti hamda Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

2021- yildan boshlab  "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari  F.Abduraxmonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Korporativ  biznes departamenti;

 - Tranzaksion banking departamenti; 

 - Green banking departamenti;

 - Kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti;

 -“SQB Securities” MChJ faoliyatini muvofiqlashtirish.



Yusupov Shoxzod Maxmatmurodovich

Photo_2.jpg
  1. Boshqaruv raisining o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (78) 120 45 00 (1077)
  4. E-mail:is.yusupov@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Yusupov Shoxzod Maxmatmurodovich 1983-yil 14-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan.

2004-yilda Qarshi shahridagi muhandislik-iqtisodiyot institutining bakalavr, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura yo'nalishlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Qashqadaryo viloyatida Suvqurilish yordamchi-hisobchisi sifatida boshlagan. 

2005-2017-yillarda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida faoliyat yuritgan.

2018-yildan 2022-yilgacha  "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Ijro apparati rahbari o'rinbosari, Hukumat topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i hamda Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

2022-yil noyabr oyidan boshlab “O’zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining o’rinbosari v.v.b. lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari SH.Yusupov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti;

- Kichik kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qiladi;

- Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish departamenti;

- Investitsion loyihalarni moliyashtirish markazi;

- "O'zsanoatqurilishmateriallarni" uyushmasi bilan hamkorlik qilish; 

“SQB Insurance” va “SQB Consulting” МChJlari  faoliyatini muvofiqlashtirish.

Umarov Davron Shavkatovich

Abduraxmanov Farrux Talipjanovich
  1. Boshqaruv raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon:
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Umarov Davron Shavkatovich 1987-yil 28-aprelda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

2008-yilda Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutining Hududiy iqtisodiyot va menejment yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2010-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan.

2008-yil oktabr oyidan 2011-yil fevraligacha Milliy bankning Qo‘qon shahridagi Farg‘ona filialida plastik kartochkalar bo‘limida yetakchi mutaxassis va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.
 
2011-yildan 2024-yil yanvarigacha “Asakabank” ATB Qoqon filialida valyuta amaliyoti bo‘limining 2-toifali mutaxassisidan pul muomalasi va valyuta amaliyoti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ko‘tarilgan.

2024-yil 6-yanvarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari D. Umarov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:


- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;
- Biznes jarayonlarni boshqarish ofisi;
- Operatsion departament;
- Chakana biznes departamenti;
- Kichik va o'rta biznes departamenti;

Mullajanov Boburjon Kodirovich

Фото_1.jpg
  1. Kredit bosh direktori  
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120 45 00 (1331)
  4. E-mail:b.mullajanov@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Mullajanov Boburjon Kodirovich 17.02.1986 yili Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

2007 yilda Toshkent moliya instituti xalqaro valyuta kredit munosabatlari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini, 2009 yilda Toshkent moliya instituti bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Sobir Raximov filiali Kreditlash va investitsiya loyihalari bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi lavozimlaridan boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyatini 2018 yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kichik biznesni kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari lavozimidan boshlagan.

2018-2023 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kichik biznesni kreditlash departamenti direktori, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kreditlarni ma’qullash departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

Mullajanov Boburjon Kodirovich 2023 yil oktyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Kredit bosh direktori B.Mullajonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Kreditlarni ma'qullash departamenti;

- Kreditlarni boshqarish departamenti.


vakant


  1. Moliyaviy resurslarni boshqarish bosh direktori 
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (78) 120 45 00 
  4. E-mail:info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

vakant


  1. Risk bosh direktori — Boshqaruvi aʼzosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (78) 120 45 00 (1099)
  4. E-mail:info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Risk bosh direktori quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Risk menejment departamenti;

- Komplaens-nazorat departamenti.

Behzod Bakhtiyorovich Uzaqov

Photo_9.jpg
  1. Yuridik departament direktori — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-55
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Uzaqov Behzod Baxtiyorovich 1987 yil 12 aprelda Farg'ona viloyatining Rishton tumanida tug'ilgan.

2011 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini magistr darajasida tamomlagan.

O'z kasbiy faoliyatini 2011 yilda "O'zsanoatqurilishbank"ATB Toshkent viloyati mintaqaviy filiali amaliyot bo'limi yuridik maslahatchisi va yuridik xizmatining yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2018 yildan 2023 yilgacha muammoli aktivlar bilan ishlash va risklarni boshqarish monitoringi bo'limi boshlig'ining o'rinbosari, kredit monitoringi va muammoli aktivlar bo'limi, "O'zsanoatqurilishbank"ATBning sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash bo'limi boshlig'i lavozimlarini egallagan.

2020 yilda "O'zsanoatqurilishbank"ATBning kreditorlik qarzlari bilan ishlash departamentiga o'tdi.
2021 yil fevraldan 2023 yil noyabrgacha Uzoqov yuridik departament direktori vazifasini bajaruvchi, keyinchalik esa Asakabank departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

2023 yil dekabr oyida "O'zsanoatqurilishbank"ATB yuridik departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. Tayinlanishidan oldin bir oy davomida bankning yuridik departamenti direktorining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatgan.
Yuridik departament direktori B. B. Uzaqov:

- Bankning ichki normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarini Qonunchilik normalariga muvofiqligini nazorat qilish.

- Bank filiallari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylik ta ' minlanishini tashkil etish.

- Bankning shartnomaviy-huquqiy va da 'vo ishlarini ko' rib chiqish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni ta 'minlash bilan shug' ullanadi.



Fuqarolar og`zaki arizalarini ko'rib chiqish:

Tel: (+998 78) 120-45-01 


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.05.2024 15:03  
up