Yoshlar siyosati

Oʻzsanoatqurilishbank mehnat jamosi Samarqand va Buxoro shaharlarida


12.03.2018

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBdagi Yetakchilar kengashi hamda Bankning kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “ Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzsanoatqurilishbankning Bosh ofisi va Toshkent shahrida joylashgan barcha filiallarining 150 nafar xodimlari oila aʼzolari bilan birgalikda 10-11-mart kunlari “ Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida Bank hisobidan Samarqand va Buxoro shaharlariga jamoaviy tarzda 2 kunlik ziyorat-turizmi amalga oshirildi.

Ushbu ziyorat-turizmi Bank xodimlarining maʼnaviyati va vatanparvarlik tuygʻusini yanada yuksaltirish, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ziyorat-turizmi dastavval Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning memorial majmuasini ziyorat qilishdan boshlanib, qurʼon tilovat qilindi.

Bundan tashqari, Samarqand shahrining zamonaviy meʼmorchiligi va tarixiy obidalariga, xususan, Registon ansamli, Goʻri Amir maqbarasi, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi va boshqa qadamjolarga ziyorat amalga oshirildi.

Shundan soʻng, ziyorat-turizmi qadim Buxoro shahrida davom ettirildi. Turizm ushbu muqaddas zaminda qoʻnim topgan yetti buyuk avliyo – pirlar qabrlaridan biri Xoja Abduholiq Gʻijduvoniy qabrlari joylashgan maskanni ziyorat qilishdan boshlandi.

Sayohatning ikkinchi kunida Bank xodimlari Buxoroda joylashgan tarixiy qadamjolari, xususan, Bohovuddin Naqshband ziyoratgohi, qadimiy “Ark” qoʻrgʻoni, Minorai Kalon, “Mir Arab” madrasasi, Labi hovuz kabi meʼmoriy obidalar ansambllari, Buxoro shahrining boshqa qadimiy obidalari va goʻzal arxitekturasi, ushbu zaminning oʻziga xos milliy anʼanalari bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida Oʻzsanoatqurilishbank xodimlarining oilaviy tarzdagi ichki turizmi Navroʻz bayrami arafasida ham davom ettiriladi.





Boshqa yangiliklar

12/21/2023 01:13:42 pm
“Ibrat farzandlari”: til o‘rgatishda kreativ va bepul loyiha

“Til o‘rganish xohishingiz tez so‘nayotgan bo‘lsa, ...

11/17/2023 12:04:07 pm
“Kelajagimni SQBda koʻryapman” – O ʻzsanoatqurilishbank talabalar uchun oʻz eshiklarini ochdi!

An’anaga muvofiq, Oʻzsanoatqurilishbank iqtisodiyot, bank va ...

09/28/2023 10:55:07 am
“SQB Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 29-iyul kuni poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” xalqaro biznes markazida Oʻzsanoatqurili ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.08.2020 10:50  
up