Xodimimizni dunyoning eng nufuzli Top-300 reytingiga kiradigan oliy o‘quv yurtida tahsil olish sharafiga ega bo‘lgani bilan tabriklaymiz!
27.04.2022
2022 yil 12 aprel' SQB jamoacining yosh va shijoatli dasturchilaridan biri – Murodjon Mirzaev uchun unutilmas kun bo‘ldi. Chunki aynan shu kuni qahramonimiz grant asosida Angliyaning "Swansea University" Universiteti Magistratura ta'lim dasturining "Kiberxavfsizlik" yo‘nalishida talabalikka qabul qilindi.
Murodjon bundan 2 yil avval, Toshkent shahridagi Inxa universitetida tahsil olayotgan vaqtda Bankning Axborot texnologiyalari departamentiga dasturchi lavozimiga ishga qabul qilingan.
U faoliyatining boshidanoq zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajaradigan, umidli xodim ekanligini namoyon etdi. Intiluvchanligi, yangi bilim va tajriba to‘plashga doim tayyorligi bilan ajralib turdi. Jumladan, u "Kaizen team" yosh xodimlar zaxirasi faoliyatida ham faol ishtirok etdi.
"Kiberxavfsizlik" yo‘nalishidagi o‘quv jarayoni 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu davr davomida Murodjon Angliyaning yetakchi IT tashkilotlarida amaliyot o‘tash va Bankimizga katta tajriba bilan qaytishni maqsad qilgan

415
Boshqa yangiliklar