“Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
07.12.2021
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Konstitusiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin iqtisodiyot, tinch va farovon hayot kafolatidir.
Madhiya esa, millatni birlashtiradigan, xalqqa yengilmas kuch ruhini beruvchi, yuksak iroda va qat'iyat, jasorat timsoliga aylantira oladigan qo‘shiqdir.
Tadbirda har bir xalq Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-maqsadlarini mujassam etgan o‘z ramzlarini qabul qilishi, ular davlat suverenitetining o‘ziga xos shahodatnomasi ekanligi ta'kidlandi.

333
Boshqa yangiliklar