O‘zsanoatqurilishbank rebrendingi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi. 9-10 oktyabr' kunlari Toshkent shahrida “TAF” Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tdi. Festival' doirasida TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Mazkur tanlovning 10 nominasiyasida 112 ta brendning 207 loyihasi ishtirok etdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank so‘nggi uch yilda eng yaxshi rebrendingni amalga oshirgan tashkilot sifatida GOLD mukofotiga loyiq deb topildi.
PR va Marketing departamentining fidoyi hamda professional xodimlarini chin qalbimizdan tabriklab, ushbu jarayonga qo‘shgan ulkan hissasi uchun SQB jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz!
Boshqa banklarning HUMO va UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalari uchun atigi 0,35% komissiya SQB kartalari orasida - 0%!