Yangiliklar

YETTB bilan hamkorlik – yoshlar iqtisodiyotiga strategik sarmoya


15.05.2025 15:52

YETTB bilan hamkorlik – yoshlar iqtisodiyotiga strategik sarmoya

Bugungi globallashuv davrida yoshlarni iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish har bir davlatning barqaror kelajagini belgilovchi omillardan biri sanaladi. Prezidentimiz tomonidan bank tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar aynan shu yo‘nalishda aniq natijalarni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 13-15-may kunlari London (Buyuk Britaniya)da o‘tkazilgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar kengashining 34-yillik yig‘ilishi doirasida O‘zsanoatqurilishbank va YETTB o‘rtasida “Yoshlar biznesda” dasturi doirasida 25 million AQSh dollariga teng hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur kelishuv 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan boshqarilayotgan mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada moliyalashtirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, bank mijozlari YETTBning “Kichik biznesga maslahat” dasturi orqali texnik ko‘mak xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bitim O‘zsanoatqurilishbankning yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi. Ushbu yo‘nalishda xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishonchli sheriklik asosida ishlayotganini yaqqol namoyon etadi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda

YETTB bilan imzolangan bitim O‘zsanoatqurilishbank tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bu borada muassasa tizimida alohida yondashuvlar shakllangan.

Xususan, o‘tgan davrda yosh tadbirkorlarning 56 ta loyihasi uchun 50,2 mlrd so‘m kredit ajratilgan.

Yoshlarning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida 34 267 ta yosh oilaga jami 7,5 trln so‘m ipoteka krediti, 26 mingdan ziyod talabaga 385,7 mlrd so‘m hajmida imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Termiz shahrida “Tinchlik” yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi tashkil etildi. Bu yerda umumiy qiymati 40,3 mlrd so‘m bo‘lgan 19 ta loyiha shakllantirildi. Mazkur loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan 18,3 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratilgan bo‘lib, bu hududiy bandlikni ta’minlash va ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Qayd etish joiz, “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yoshlarning iqtisodiyotda mustahkam o‘rin egallashi, ijtimoiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Xalqaro hamkorlikdan tortib, mahalliy sanoat zonalarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli dasturlar orqali bank yoshlarning orzu va rejalarini ro‘yobga chiqarishda ishonchli va faol hamkor sifatida maydonga chiqmoqda.

Bank axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

06/19/2025 02:40:38 pm
Moliyaviy himoya va imkoniyatlar: SQBharbiylar bilan muloqotda

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) korporativmarkazi mas’ullari tomonidan O‘zbekistonRespublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okru ...

06/19/2025 09:48:39 am
Nukusdagi “Startap va investorlar kuni” yangi g‘oyalar va istiqbollar maydoniga aylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan “Startap va investorlar kuni” tadbir ...

06/19/2025 12:08:40 am
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining v.v.b Yo‘rqin Mirvaliyevich Sultonov “Beruniy-Agro Star” MChJ loyihasining borishi bilan tanishdi

Tashrif davomida A-380 avtomagistrali bo‘yida, “Abay” massivi hududida joylashgan, umumiy maydoni 3 gektarni tash ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.05.2025 16:20  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo