Yangiliklar

SQBda XMK vakillari bilan xususiylashtirish jarayonlari boʻyicha fikr almashildi


23.11.2023

2023-yilning 23-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Markaziy Osiyo va Turkiya mintaqaviy rahbari Alan Nunke boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida bankni transformatsiya qilish jarayonlariga alohida eʼtibor berilayotgani, bu esa, oʻz navbatida, bank reytingi va daromadi oshishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga Bankni xususiylashtirish jarayonlari, kredit portfeli sifati, bank koʻrsatkichlari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzsanoatqurilishbankda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli transformatsiya jarayonlarida XMK ekspertlari faol ishtirok etib kelmoqda.

https://www.youtube.com/shorts/79VOZDxlsKg?feature=share

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

03/01/2024 11:12:19 am
“S&P Global Ratings”: O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi “Barqaror”

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” suv ...

02/29/2024 05:27:48 pm
Tadbirkorlar eksport xarajatlarining 50 foizigacha qoplab beriladi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Oʻzsanoatqurilishmateriallari uyushmasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ...

02/29/2024 03:14:11 pm
O‘zsanoatqurilishbank Customer Experience Index reytingida yetakchi deb topildi

Senteo xalqaro konsalting kompaniyasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning bos ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.11.2023 17:06  
up