Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi


30.04.2025 12:09

Qashqadaryo viloyatida O‘zsanoatqurilishbank, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan yil 23-sentyabrda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmonov va boshqa mutasaddilar ishtirokidagi ochiq muloqotda tadbirkorlarni qiynayotgan tizimli muammolar tinglanib, yechimi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Importbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni ishga tushirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, xususan, “yashil” texnologiyalarni o‘zlashtirib, energiya samaradorlikni oshirishga borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, bugungi kunda viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida 650 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. 2024-yilda ushbu korxonalar tomonidan 2,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich hududdagi sanoat mahsulotlari hajmi (39,5 trln so‘m)ning 6,6 foizini tashkil etadi.

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

11/13/2025 05:41:47 pm
Korrupsiya holatiga duch keldingizmi? Xabar bering — adolatni tanlang!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.  Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...

11/12/2025 11:38:27 am
Mahallada — yangi ish o‘rinlari, yangi imkoniyatlar

SQBning Qoraqalpog‘istondagi mahalla bankirlari va yordamchi-agentlari ko‘magida tikuvchilik, bedanachilik, metallga ish ...

11/11/2025 06:04:55 pm
“Moody’s” xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning uzoq muddatli kredit reytingini “ijobiy” (Ba3) darajada baholadi

Ushbu natija hukumatimiz tomonidan bank-moliya sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, tizimda amalga oshirilayot ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.04.2025 12:10  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo