Bu haqda 15 noyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida bo’lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qilindi.
Mablag‘lar OTBning Ipoteka kreditlash sektorini rivojlantirish dasturiga muvofiq “O‘zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi” AJ orqali taqdim etiladi va qator ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi.
Xususan, uy-joy ipotekalari, turar joylarni obodonlashtirish uchun kreditlar ajratiladi.
Uchrashuvda tomonlar "yashil" renovatsiya vositalarini ishlab chiqish, "yashil" moliyaviy mahsulotlarga bo'lgan talab, mahsulotlardan foydalangan holda muvofiqlikni sinovdan o'tkazish, "yashil" kreditlar olish uchun loyihalarni ishlab chiqish va "yashil" moliyani rivojlantirish kabi mavzularda fikr almashdi.
Shuningdek, muzokaralar davomida “yashil renovatsiya” vositasini bankning moliyalashtirish tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari va risklari ko'rib chiqildi.
https://youtube.com/shorts/_uYFbeprHqk?si=WNLoMelOj7Qx4udM
Bank Axborot xizmati
Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida O‘zbekiston Respublik ...
Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank sohas ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan “Realsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan 700 mln. ...