Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank YETTB bilan hamkorlikda seminar oʻtkazdi


08.07.2022

Oʻzsanoatqurilishbank YETTB bilan hamkorlikda seminar oʻtkazdi

Oʻzsanoatqurilishbank Taraqqiyot markazida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) bilan hamkorlikda “ETTB tizimida kichik va oʻrta biznes sohasidagi qarz oluvchilarni qoʻllab-quvvatlash orqali mijozlar biznes barqarorligini oshirish” mavzusida axborot seminari tashkil etildi.
Seminarda Bankning “Green Banking”, kichik va oʻrta biznes hamda korporativ biznes departamentlari mutaxassislari korxonalarni “yashil” (shu jumladan, energoaudit, muhandislik yechimlari, ekologiya) va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha grantlar orqali qoʻllab-quvvatlash dasturi bilan tanishtirildi.
YETTBning “yashil” kredit liniyasi doirasida loyihalarni moliyalashtirishda qoʻllaniluvchi “Yashil texnologiyalar selektori” (Green Technology Selector) bazasi haqida qoʻshimcha maʼlumot berildi.
Tadbirda tomonlar oʻrtasida bunday turkum seminarlarni hududlarda, Oʻzsanoatqurilishbank filiallari negizida tashkil qilishga kelishib olindi.

 
Maʼlumot uchun. YETTB Oʻzsanoatqurilishbankka Markaziy Osiyoda ilk “yashil bank”ni taʼsis etishda koʻmaklashayotgan xalqaro moliya instituti sanaladi. 2021-yilda “Green Economy Financing Facility” (GEFF) dasturi doirasida 25 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi taqdim etildi. Ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank ketma-ket ikki marta YETTBning “Yashil moliyalashtirish mezonlari boʻyicha yilning eng yaxshi bitimi” (Deal of the Year “Green Trade 2020-2021”) nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Hozirgi vaqtda Bank aksiyadorlik kapitaliga konvertatsiya opsiyasi bilan YETTB kredit liniyasini jalb qilish borasida ish olib bormoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/18/2024 05:59:48 pm
O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekiston bazalt mahsulotlarini dunyoga tanitishda faol ishtirok etmoqda

          Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasteri mamlakatimiz og‘ir sanoati qu ...

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.07.2022 16:26  
up