Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank "yashil makon" umummiliy loyihasida faol ishtirok etmoqda


21.11.2023

Joriy yilning 17-noyabr kuni "yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida O‘zsanoatqurilishbankning qirqdan ziyod  ko'ngillilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 500 to'p pista ko'chati ekdilar.

- Bank tomonidan jami 11 gektar maydonda ushbu hudud iqlimiga mos keluvchi 5,5 mingta mevali daraxt ekilishi ko‘zda tutilgan, - deydi O‘zsanoatqurilishbank "Green banking" departamenti direktori Nurber Hasanov.  - Ularni sug'orish va parvarishlash uchun barcha choralar ko'rilmoqda. Xususan,  tomchilatib sug'orish texnologiyasi o'rnatilib, alohida mutaxassis jalb etilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, atrof-muhitni himoya qilish, ona tabiatni asrash O'zsanoatqurilishbank faoliyatida asosiy ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan bo'lib, bugungi kunda respublika tijorat banklari orasida birinchi bo'lib Green banking tamoyilini joriy etgan moliya muassasasi hisoblanadi.

https://www.youtube.com/watch?v=BJnwYe3FPFo

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

02/22/2024 05:31:29 pm
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshi ...

02/19/2024 06:23:34 pm
Prezident "Ibrat farzandlari" loyihasini eʼtirof etdi

Xorijiy tillarni oʼrgatishga qaratilgan, qisqa muddatda oʼz platformalarida 800 mingdan ortiq yoshlarni oʼzida birlashti ...

02/19/2024 06:12:55 pm
O’zsanoatqurilishbank mijozga yo’naltirilganlik bo’yicha yetakchi bank deb topildi

Poytaxtimiz “Tashkent digital matketing forum 2024” tadbiriga mezbonlik qildi. Biznes, reklama va marketingchilarini o’z ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.11.2023 18:49  
up