Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Visa kartalari uchun mukofot taqdim etildi


10.01.2023

Visa toʻlov tizimi tomonidan har yili oʻz yoʻnalishida eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan hamkor-banklar taqdirlanib kelinadi. 2022-yil yakuni boʻyicha“First credit card launch” mukofoti Oʻzsanoatqurilishbankka taqdim qilindi.

Oʻtgan yil davomida Bank tomonidan Visa xalqaro kartalari orqali oʻtazilgan tranzaksiyalar hajmi 2021-yilga nisbatan 4,6 barobar oshgan. Ushbu amaliyotlarda onlayn toʻlovlar ulushi nisbatan yuqori.

Bu borada Bank tizimida Visa kartalari boʻyicha mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar alohida ahamiyat kasb etadi.

Xususan, Visa asosidagi “Birinchi” nomli kredit kartani “Joyda” mobil ilovasi orqali xarid qilish, kartalar oʻrtasida oʻtkazmalarni amalga oshirish, karta aylanmasini kuzatib borish, kreditga limit ochish va, aksincha, cheklov oʻrnatish, kontaksiz toʻlovni amalga oshirish, pin-kodni almashtirish kabi xizmatlar joriy qilingan, foizsiz davr belgilangan.

Bank tizimida ishga tushirilgan yangi Way4 protsessing tizimi orqali ham Visa kartalari sohasida imkoniyatlar oshirilgan. Unda kredit kartalarini onlayn emissiya qilish, kredit qarzdorligini yuritish, soʻndirish, toʻlovlarni qabul qilish va foizlarni hisoblash mumkin.

Shuningdek, Visa xalqaro kartalari orqali 3D Secure oʻrnatish, sms-xabarnoma yuborish, kartani blokdan yoki “Stop-listdan” chiqarish amaliyotlari mavjud.

Joriy yilda Bank tomonidan Visa kartalarini ommalashtirish boʻyicha yana qator vazifalar belgilangan.

Visa xalqaro kartalari foydalanuvchilarini ragʻbatlantirish maqsadida yutuqli aksiya oʻtkazilmoqda.

Chakana kreditlash yoʻnalishida kredit kartalar boʻyicha amaliyotlarni yanada rivojlantirish kutilmoqda.

Visa xalqaro bank kartalari emissiyasini qoʻshimcha 250 ming donaga koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.

Bank Axborot xizmati







Boshqa yangiliklar

03/27/2024 02:41:46 pm
Diqqat, firibgarlardan ogoh bo‘ling!

Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank nomidan fuqarolarga ...

03/25/2024 05:17:15 pm
Endilikda Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga telegram boti orqali ham murojaat qilishingiz mumkin

Hurmatli mijozlar! Endilikda Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga telegram boti ...

03/25/2024 05:14:54 pm
Firibgarlar tuzog'i qanday ishlaydi?

Bank plastik kartasi – bu Sizning elektron seyfingiz. Afsuski, bugun ushbu "seyf"ning kalitini qo'lga kiritish uch ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.01.2023 12:43  
up