Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank va “Commerzbank AG” oʻrtasida qoʻshimcha kelishuv imzolandi


04.05.2023

Joriy yilning 2-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va “Commerzbank AG” oʻrtasida 100 million yevro miqdoridagi qoʻshimcha kelishuv tuzildi.

Davlatimiz rahbarining Germaniya Federativ Respublikasida davom etayotgan tashrifi doirasida Berlin shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralarining biznes forumi boʻlib oʻtdi. Forumda oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilishiga qaratilgan qator muhim hujjatlar imzolandi.

Xususan, xalqaro ishbilarmonlik uchrashuvi Oʻzsanoatqurilishbankning “Commerzbank AG” bilan aloqalarini rivojlantirishda yangi imkoniyat eshigini ochdi.

Kelishuvga binoan ushbu xorijiy moliya muassasasidan jalb qilinadigan mablagʻlar kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida xalqaro hamkorlik borasida Germaniya bank-moliya tarmogʻi bilan sherikchilik munosabatlari tobora kengayib bormoqda.

Jumladan, Landesbank Baden-Vyurttemberg hamda “Helaba” banki bilan ham jami 100 million yevrolik kredit bitimlari imzolandi. Shu yilning 27-aprel kuni esa, mamlakatimizda boʻlib oʻtgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Germaniyaning “Helaba” banki bilan 35 mln. yevroga teng hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan edi.

Biznes forumda tomonlar oʻzaro amalga oshirilayotgan ushbu kelishuvlar ikki davlat biznes doiralari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish hamda Oʻzbekistonda tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

03/29/2024 09:22:27 am
Yaxshidan bog' qoladi

16-18 mart kunlari mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hash ...

03/28/2024 06:10:14 pm
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...

03/28/2024 06:09:23 pm
Oʼzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi tijorat banklari orasida eng yuqori deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yil natijalari boʼyicha davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishd ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.05.2023 16:05  
up