Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank maʼmuriy binolariga 1285 kVt quvvatli quyosh panellari oʻrnatib ishga tushirildi


22.05.2023

Oʻzsanoatqurilishbank maʼmuriy binolariga 1285 kVt quvvatli quyosh panellari oʻrnatib ishga tushirildi

Oʻzsanoatqurilishbank hududiy tarmoqlari binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Bugungi kunda 34 ta bank tarmogʻi binosiga umumiy quvvati 1285 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi.

Joriy yilda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari faol amalga oshirilmoqda.

Bunda Prezidentimizning shu yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori dasturilamal boʻlmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan bu boradagi ishlar transformatsiya jarayonlari bilan birga bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

– Bino-inshootlarga quyosh panellari oʻrnatishning afzalligi juda koʻp, shuning uchun bank tizimini isloh qilishda ushbu yoʻnalish ham rahbariyat diqqat markazida boʻldi, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Maʼmuriy xoʻjalik departamenti direktori Farhod Toʻrayev. – Quyosh paneli qurilmasidan foydalanilganda elektr energiyasi tekinga olinadi. Qurilma orqali elektr energiya ishlab chiqarilganda atrof-muhitga hech qanday zararli gazlar chiqmaydi. Asosiysi, quyosh paneli qurilmasi oʻrnatilgan paytdan boshlab daromad olib keladi. Bunday qurilma binolarning tom qismida oʻrnatilgani uchun ishlash jarayonida hech qanday shovqin boʻlmaydi. Zamonaviy vosita binolarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi.

Bank binolariga quyosh panellarini oʻrnatish muassasa strategiyasidan oʻrin olgan boʻlib, ishlar xalqaro konsultantlar, ekolog va texnik mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etildi.

Joriy yilning boshida bank Bosh ofisi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Fargʻona, Qashqadaryo hududiy boshqarmalarida umumiy quvvati 200 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilgan edi.

Shu kunga kelib, ushbu hududlar bilan birga Toshkent va Qoʻqon shahridagi hamda Jizzax, Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Surxondayo viloyatlardagi tarmoqlar binolarini ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Qayd etish joiz, Bankning barcha binolariga oʻrnatiladigan quyosh panellarining umumiy quvvati 1455 kVt ni tashkil etadi. Ular yordamida yiliga 2,3 mln. kVt soat muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarilib, natijada atrof-muhitga 1035 tonna zaharli issiqxona gazlari ajralishining oldi olinadi, 1 020,0 mln. soʻm iqtisod qilinadi.

Shuningdek, Bank ehtiyojidan ortiqcha energiya hududiy elektr tarmoqlariga uzatiladi. Buning uchun jarayon toʻliq avtomatlashtirilgan, onlayn kuzatuv monitoring tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

https://youtu.be/_PsB7gP_AsY

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

03/28/2024 06:10:14 pm
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...

03/28/2024 06:09:23 pm
Oʼzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi tijorat banklari orasida eng yuqori deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yil natijalari boʼyicha davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishd ...

03/28/2024 06:08:28 pm
O’zsanoatqurilishbankda xayriya ko’rgazmasi o'tkazildi

28-mart kuni O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Markaziy bank, SQB hamda “Sen kuchlisan” loyihasi hamkorligida onkologik ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.08.2023 17:36  
up