Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank - korporativ biznesni rivojlantirishda yetakchi


26.10.2023

Joriy yilning 26-oktyabr kuni poytaxtimizdagi "InterContinental Tashkent" biznes markazida "UZCARD FORUM 2023" boʻlib oʻtdi. 

Unda Oʻzsanoatqurilishbankning korporativ, kichik va oʻrta biznes subyektlariga Uzcard  toʻlov tizimi asosida bank xizmatlarini koʻrsatishda oʻziga xos yondashuvi eʼtirof etilib, “Korporativ biznesni rivojlantirishda yetakchi” nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

Bunda bank tomonidan tadbirkorlik va sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan barcha tashabbuslarga yuqori baho berildi.

Forumda mahalliy va xorijiy mutaxassslar tomonidan Uzcard toʻlov tizimini texnologik rivojlantirish, raqamlashtirish jarayonining toʻlov tizimiga taʼsiri, axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi, ish haqi toʻlovlari boʻyicha yangi yondashuvlar kabi mavzularda tajriba almashildi.





Boshqa yangiliklar

02/22/2024 05:31:29 pm
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshi ...

02/19/2024 06:23:34 pm
Prezident "Ibrat farzandlari" loyihasini eʼtirof etdi

Xorijiy tillarni oʼrgatishga qaratilgan, qisqa muddatda oʼz platformalarida 800 mingdan ortiq yoshlarni oʼzida birlashti ...

02/19/2024 06:12:55 pm
O’zsanoatqurilishbank mijozga yo’naltirilganlik bo’yicha yetakchi bank deb topildi

Poytaxtimiz “Tashkent digital matketing forum 2024” tadbiriga mezbonlik qildi. Biznes, reklama va marketingchilarini o’z ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.10.2023 12:19  
up