Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank – ipakchilar hamkori


19.09.2023

Oʻzsanoatqurilishbank – ipakchilar hamkori

Tabiiy ipak – yengil sanoatdagi eng qimmatbaho xom ashyolardan biri. Undan tayyorlanadigan matolar koʻrinishi nafis, sifati yuqori, boʻyalishi oson, egiluvchan va namlikni oson singdiruvchan boʻladi. Biroq, bunday mahsulotni ishlab chiqarish jarayonlari katta mehnat talab etadi. Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “RADIANT SILK” korxonasiga uyushtirilgan press-turda jurnalistlar bunga guvoh boʻlishdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevraldagi “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan tarmoqdagi eksportyor korxonalarni uzluksiz aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida revolver kreditlar ajratib kelinmoqda.

Jumladan, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham ipakchilik bilan shugʻullanib kelayotgan korxonalar faol qoʻllab-quvvatlanmoqda. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “RADIANT SILK” masʼuliyati cheklangan jamiyati shular sirasiga kiradi.

– Oʻn yildan buyon yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelamiz, – deydi korxona rahbari Jamol Sayliyev. – Texnologik uskunalarni yangilash, boshqaruv va ishlab chiqarishda xodimlar malakasini oshirish, xom ashyo sifati, laboratoriya xizmati, xorijiy hamkorlik va eksport yoʻnalishlarida katta tajriba orttirdik.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 tonaga teng, 250 ga yaqin ishchi kuchiga ega. Mahsulotlarning 2,5 mln. dollarlik qismi eksportga yoʻnaltirilgan. Bu borada asosiy buyurtmachilar Vyetnam, Hindiston, Xitoy va Tojikiston davlatlaridagi hamkorlar hisoblanadi.

– Tahlillarga koʻra, jahon boʻyicha ipak ishlab chiqarish keyingi besh yilda 15,7 foizga oshgan, respublikamiz esa eng yetakchi uchlik qatoridan oʻrin olgan, – deydi Jamol Sayliyev. – Shu bois qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solib korxonamiz faoliyatini muntazam kengaytirib borayapmiz. Bunda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan aylanma mablagʻlarimizni shakllantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar muhim rol oʻynamoqda.

Revolver kredit – moliya bozorida keng tarqalgan qayta tiklanadigan kredit turi hisoblanib, mijoz moliyaviy holati va boshqa zaruriy koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, korxona uchun belgilangan limit doirasida ajratiladi. Bunday kreditning afzalligi shundaki, mijoz kreditni oʻz muddatida soʻndirib, undan qayta foydalanish imkoniyaga ega boʻladi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimda ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan mijozlar (yirik korxonalar hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari)ga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 8 turdagi revolver kreditlar taklif etilmoqda.

https://youtu.be/NOyx1mLDySQ

 

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

11/25/2023 06:28:16 pm
SQB xodimlarining Lissabondagi mahorat saboqlari

Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari uchun muassasaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda ilgʻor xori ...

11/24/2023 02:33:34 pm
Oʻzsanoatqurilishbank iqlimni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan 2023-yil davomida Yaqin Sharq va Turkiya hududlarida iqlimni moli ...

11/23/2023 05:03:57 pm
SQBda XMK vakillari bilan xususiylashtirish jarayonlari boʻyicha fikr almashildi

2023-yilning 23-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Markaziy Osi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.09.2023 09:30  
up