Yangiliklar

Moliyaviy savodxonlik boʻyicha eng yaxshi mahorat darsi gʻoliblari taqdirlandi


25.05.2022

Moliyaviy savodxonlik boʻyicha eng yaxshi mahorat darsi gʻoliblari taqdirlandi

Moliyaviy savodxonlik boʻyicha eng yaxshi mahorat darsi gʻoliblari taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Umumjahon pul haftaligi”ning soʻnggi loyihasiga ham yakun yasaldi.
“Moliyaviy savodxonlik oyligi” oʻquv dasturi boʻyicha 5-11 sinf oʻquvchilari uchun moliyaviy savodxonlik, xususan jamgʻarmalar mavzusiga bagʻishlangan “Mablagʻlarni banklarda saqlash xavfsiz va foydali” mavzuyida oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan ochiq darslarning barchasi zamonaviy bilim va kreativ pedagogik yondashuvlar asosida aʼlo darajada tashkil etildi.
Biroq, tanlov oʻz nomiga koʻra ishtirokchilarning eng yaxshi ishlarini saralashni taqozo etdi.
Shunday qilib, eng yaxshi dars tanlovining gʻoliblari aniqlandi:
Roʻziyeva Ozoda Bobomurodovna – Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 10-son umumtaʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi;
Nasriddinova Karomat Maʼsharipovna – Toshkent viloyati Olmaliq shahri 2-son umumtaʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi;
Aliqulova Munisa Roʻzimurodovna – Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 33-son umumtaʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi.
Gʻoliblar tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Moliyaviy savodxonlik bilimlarini shahar markazidan tortib, chekka qishloqlardagi yoshlarga yetkazishda bizga yelkadosh boʻlgan barcha muhtarama ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

"Умумжаҳон пул ҳафталиги" доирасида энг яхши маҳорат дарсини ташкил этган ўқитувчилар тақдирланди - YouTube





Boshqa yangiliklar

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.05.2022 12:25  
up