Yangiliklar

Maqsad – mijozlarga har tomonlama qulaylik yaratish


14.12.2022

Maqsad – mijozlarga har tomonlama qulaylik yaratish

Mamlakatimizda bank tizimini transformatsiya qilishda ixtisoslashuvdan universallashtirishga oʻtish jarayoni chuqurlashtirildi, sohaga oid barcha operatsiyalar, mijozlar bilan munosabatlar jahon bank hamjamiyatida amal qilinayotgan tamoyillarga moslashtirildi. Jumladan, bank tarmoqlarini muvofiqlashtirish ishlari ham.

Bu borada Oʻzsanoatqurilishbank tizimida olib borilayotgan ishlar xususida Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamenti direktori Alisher Kamalov bizga quyidagilarni gapirib berdi.

– Transformatsiya jarayonlarida tijorat banklari oldiga xalqimiz uchun bugungi shiddatli davrga mos va xos sharoit yaratish vazifa qoʻyildi. Infratuzilmalarni isloh qilish borasida yangicha yondashuvlar belgilandi.

Xususan, Prezidentimizning 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni, shuningdek, 2019-yil 23-iyulda davlatimiz rahbari raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish, barcha aholi punktlarida bir xil sharoitdagi xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash hamda universal xizmat koʻrsatish nuqtalari tarmogʻini rivojlantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida xalqaro ekspertlar koʻmagida olib borilayotgan keng koʻlamli transformatsiya jarayonida asosan mazkur vazifalarga eʼtibor qaratildi.

Bevosita bank tarmoqlarini muvofiqlashtirishda ixcham bank xizmatlari markazlarini koʻpaytirish, mavjud tarmoqlarni ilgʻor xalqaro tajribalar asosida ish yuritadigan, raqobatbardosh muassasaga aylantirish, mijozlar va aholiga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish kabi ishlar amalga oshirildi.

Bunda tarmoqlar front-ofis va bek-ofislarga ajratildi. Bevosita mijozlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan front-ofis tuzilmalari bank mahsulotlari, xizmatlari hamda mijozlar segmentini inobatga olgan holda, 5 toifaga boʻlib tashkil etildi.

Jumladan, birinchi toifa “Biznes klass”, rasmiy tarzda Bank xizmatlari ofisi deb nomlanadi. Bunday tarmoqlarda jismoniy va yuridik shaxslar uchun barcha turdagi xizmatlar koʻrsatiladi. Shuning uchun ular aholi zich joylashgan shaharlar markazida hamda sanoatlashgan hududlarda tashkil qilindi.

Ikkinchi “Standart klass” toifasidagi tarmoqlar – ixcham Bank xizmatlari markazlari hisoblanadi. U yerda jismoniy va yuridik shaxslarga cheklangan bank xizmatlari taqdim etilishiga qaramay, samaradorlik aholi uchun ham, bank uchun ham birdek yuqori boʻlmoqda.

Navbatdagi “Optimum klass” tarmoqlari orqali esa yoki jismoniy, yoki yuridik shaxslarga cheklangan bank xizmatlarini koʻrsatish koʻzda tutilgan. Ularning u yoki bu maqomdagi mijozga moʻljallangani oʻsha ofis joylashgan hudud dislokatsiyasiga qarata belgilanmoqda. Yaʼni, aholi gavjum joyda joylashgan bunday ofislarimiz faqat jismoniy shaxslarga, aksincha, muayyan yirik savdo majmuasi tarkibida tashkil etilganlari tadbirkorlarga xizmat koʻrsatmoqda.

Toʻrtinchi toifadagi “Fast klass” ofislari bank korporativ mijozlari boʻlmish yirik korxonalar qoshida tashkil qilingan. Ular kommunal va bir martalik toʻlovlarni qabul qiluvchi ixtisoslashgan kassalar sanaladi.

Soʻnggi toifadan 24/7 rejimida ishlovchi shoxobchalar oʻrin olgan. “Self servis klass” deb nomluvchi ushbu ofislar oʻziga-oʻzi xizmat koʻrsatuvchi uskunalar bilan jihozlanib, uzluksiz tunu-kun ishlashi bilan xalqimizga har tomonlama qulaylik tugʻdirmoqda.

Shuningdek, tarmoqlarni jihozlash va xizmat koʻrsatishni tashkil etishda ham yangi standartlarga tayanildi. Har birida bank brendi chuqur aks ettirilgan, mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi menejerlarimiz uchun alohida dress-kod joriy qilingan, navbatlarni tartibga soluvchi hamda bank xizmatlaridan onlayn foydalanish imkonini beruvchi (sensorli tachskrin) elektron uskunalar oʻrnatilgan, navbatsiz xizmat koʻrsatuvchi “yashil yoʻlak”lar tashkil etilgan. Pirovard maqsadimiz – mijozlarga maksimal darajada qulaylik yaratish, sifatli va tezkor xizmat koʻrsatishdan iboratdir.

Bugungi kunda tarmoqlarimiz holatiga toʻxtalib, 91 ta Bank xizmatlari ofisi va Bank xizmatlari markazi, 35 ta chakana amaliyotlar kassasi (Optimum va Fast klassdagilar), 103 ta 24\7 rejimida ishlovchi shoxobcha mavjudligini qayd etishim lozim.     

Tarmoqlar – bankning asosiy sotuv kanallari. Ular geografik jihatdan qanchalik keng boʻlsa, faoliyati samarali tashkil etilsa, muassasa mavqeyi kafolatlani shu boʻladi. Shu jihatdan qaraganda, zimmamizda juda katta masʼuliyat bor. Reja tuzishda jahon va milliy moliya bozori tendensiyalari, kun sayin yangilanayotga bank texnologiyalari hamda mijozlarimiz xohish-istaklarini hisobga olib tinimsiz izlanayapmiz.

Yaqin istiqbolda yuqori texnologiyalarga asoslangan smart ofislarni tashkil qilish, tarmoqlarni transformatsiyaning yangi modeli talablari boʻyicha jihozlash va taʼmirlash hamda zamonaviy bank xizmatlari markazlari doirasini yanada kengaytirish niyatidamiz.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

03/29/2024 03:02:48 pm
Tadbirkorlar maktabining hududiy filiallarida o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateria ...

03/29/2024 09:22:27 am
Yaxshidan bog' qoladi

16-18 mart kunlari mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hash ...

03/28/2024 06:10:14 pm
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.12.2022 11:47  
up