Yangiliklar

Korxonangiz aylanma mablagʻlarini bank krediti hisobiga toʻldiring


15.12.2022

Korxonangiz aylanma mablagʻlarini bank krediti hisobiga toʻldiring

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida oltita xizmatlar paketi taklif etilmoqda.

Banklarning aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida ajratayotgan kreditlari mohiyatan iqtisodiy faollik uzluksizligi va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda muhim ahamiyat etadi. Shu sabab davlatimiz rahbari tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir chiqishlarida bunday moliyaviy mexanizmlarni faol qoʻllash zarurligini koʻp taʼkidlaydi.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan bozor talabi hamda resurs imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ana shunday kreditni oʻz ichiga olgan oltita xizmatlar paketi ishlab chiqilgan. Shundan “Working Capital”, “Kontokorrent”, “Factoring”, “Eksportoldi moliyalashtirish” nomli xizmatlar paketi yirik korxonalarga, “Aylanmaga kredit” va “Eksportni rag'batlantirish” esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga moʻljallangan.

Mazkur xizmatlar quyidagi shart va afzalliklarga ega:

“Working Capital”

Maqsadi – ochiq va/yoki yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun;

valyutasi – milliy va xorijiy (AQSH dollari, yevro) valyutada;

muddati – ochiq liniya boʻlganda 36 oygacha, yopiq liniya boʻlganda 12 oygacha;

imtiyozli davr – korxonaning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi.

“Kontokorrent”

Maqsadi – mijozning asosiy hisobvaragʻida yetarli mablagʻi boʻlmagan taqdirda uni toʻldirish uchun;

valyutasi – milliy valyutada;

muddati – ochiq liniya asosida 12 oygacha;

miqdori – mijozning oxirgi 6 oydagi oʻrtacha savdo tushumining 25 foizigacha, ammo 5,0 mlrd. soʻmdan oshmagan miqdorda.

“Factoring”

Maqsadi – xizmat regress huquqi bilan debitorlik qarzdorlikni sotib olishga moʻljallangan;

valyutasi – milliy va xorijiy (AQSH dollari va yevro) valyutada;

muddati – milliy valyutada 180 kungacha, xorijiy valyutada 120 kungacha;

foizi – bank kredit siyosati va meyoriy hujjatlariga asosan belgilanadi.

“Eksportoldi moliyalashtirish”

Maqsadi – ochiq va/yoki yopiq kredit liniyasi orqali eksportoldi xarajatlarni moliyalashtirish uchun;

valyutasi – milliy va xorijiy (AQSH dollari va yevro) valyutada;

muddati – 18 oygacha (kredit naqd pulda berilganda 90 kungacha);

foizi – bank kredit siyosati va meyoriy hujjatlariga asosan belgilanadi.

Korporativ mijozlariga moʻljallangan ushbu xizmatlar boʻyicha foizlar bankning ichki kredit siyosatiga asosan belgilanadi. Ulardan foydalanish uchun korxona hisobraqami soʻnggi 6 oyda Oʻzsanotaqurilishbankda ochilgan boʻlishi lozim.

“Aylanmaga kredit”

Maqsadi – ochiq va/yoki yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablagʻlarni toʻldirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kredit qarzdorliklari qoldigʻini sotib olish hamda bojxona toʻlovlari uchun;

valyutasi – milliy va xorijiy (AQSH dollari, yevro) valyutada;

muddati – 36 oygacha;

foizi – milliy valyutada 24 foizdan, xorijiy valyutada 11 foizdan boshlab;

miqdori – 15 000 000 (oʻn besh million) AQSH dollari ekvivalentida;

imtiyozli davr – 9 oygacha.

“Eksportni rag'batlantirish”

Maqsadi – ochiq va/yoki yopiq  kredit liniyasi orqali eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish maqsadida, shuningdek, toʻlovlarni kechiktirib toʻlash sharti bilan eksport qilinganda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun;

valyutasi – AQSH dollarida;

muddati – 12 oygacha;

foizi – 4 foizgacha;

miqdori – 1 000 000 (bir million) AQSH dollari ekvivalentida;

imtiyozli davr – 9 oygacha.

Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida kreditlash jarayonida shaffoflik va tezkorlikni taʼminlash maqsadida anderrayting usuli yoʻlga qoʻyilgan. Unga koʻra har qanday, shu jumladan, aylanma mablagʻlarga ajratilayotgan kreditlar mijozlarga ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.

Joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, muassasa tomonidan 7 trln. 780 mlrd. soʻmga yaqin ana shunday kredit mablagʻlari ajratildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 baravarga oshgan. Bunda korporativ mijozlarga taqdim qilingan kreditlar ulushi yuqori boʻlib, oʻsish 145 foizni tashkil etmoqda.

Eʼtiborli jihati shundaki, ishlab chiqarish uzluksizligi va tovar-pul oqimlarining oʻzaro mutanosibligini taʼminlashga xizmat qilayotgan bundan kreditlardan mijozlar 1 yilda besh va undan ortiq marotaba foydalanmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.12.2022 15:50  
up