Yangiliklar

Jahon banki “yashil” loyihalarga texnik koʻmaklashadi


21.09.2023

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Oʻzbekistonda sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida hamkorlikni kengaytirish, ushbu xalqaro moliya instituti tomonidan mamlakatimizga taqdim etilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlov mablagʻlarini samarali oʻzlashtirilishini taʼminlashga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.

Bu borada Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqish hamda “yashil” loyihalarga texnik koʻmak olishga kelishildi.

Taʼkidlash joiz, Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi orqali “yashil” loyihalarni moliyalashtirishni rejalashtirgan. Ushbu loyihalar doirasida 143,0 mln. dollar miqdorida pul mablagʻlarini ajratishni koʻzda tutgan.


Bank Axborot xizmati



Boshqa yangiliklar

11/25/2023 06:28:16 pm
SQB xodimlarining Lissabondagi mahorat saboqlari

Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari uchun muassasaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda ilgʻor xori ...

11/24/2023 02:33:34 pm
Oʻzsanoatqurilishbank iqlimni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan 2023-yil davomida Yaqin Sharq va Turkiya hududlarida iqlimni moli ...

11/23/2023 05:03:57 pm
SQBda XMK vakillari bilan xususiylashtirish jarayonlari boʻyicha fikr almashildi

2023-yilning 23-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Markaziy Osi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.10.2023 12:39  
up