Yangiliklar

Bayroq – xalqimizning asriy orzu-istaklari ramzi


16.11.2023

Bayroq – xalqimizning asriy orzu-istaklari ramzi

Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Unda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri direktori, Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turgʻun Beknazarov ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda soʻz olganlar bayroq – xalqimizning asriy orzu-istaklari ramzi, uni har bir inson oʻz kuchi – ilmi, mehnati va sadoqati bilan koʻklarga koʻtarishi muqaddas burch ekanligini taʼkidlashdi. Bayrogʻimiz bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida hilpirayotganini faxr-iftixor bilan tilga oldi.

– Davlat ramzlarining har birida milliy oʻzligimiz, mustaqilligimizga xos tarix, anʼana va qadriyatlar mujassamlashgan, – deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turgʻun Beknazarov. – Uning shon-sharafini sport arenalarida gʻalaba qozonayotgan sportchilarimiz toʻla his qila oladi, uning qadrini boshqa davlatlarda oʻqish, ish ilinjida yurgan yurtdoshlarimiz yaxshi biladi.

Tadbirda Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

12/07/2023 09:03:12 pm
Vatan timsollari: Konstitutsiya – qalqon, madhiya – muqaddas

Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida O‘zbekiston Respublik ...

12/06/2023 04:35:05 pm
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish masalalari o‘rganildi

Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank sohas ...

12/05/2023 05:26:38 pm
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan “Realsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan 700 mln. ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.11.2023 18:10  
up