Davlat dasturlari ijrosi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv


23.03.2023

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda elikka yaqin ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan oʻtgan yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotdan soʻng soha subektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mazilli ishlar belgilandi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalar ijrosi doirasida hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyati, biznes yuritishning huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy asoslari, shuningdek, bank xizmat va mahsulotlari boʻyicha koʻnikmalar berib kelinmoqda.

Sirdaryo va jizzaxlik tadbirkorlar ishtirokidagi muloqot chogʻida tadbirkorlarga koʻproq “yashil energiya” siyosatidan kelib chiqilgan holda, tushuncha va tavsiyalar berildi.

– Zamon shiddati biz, tadbirkorlarni ham koʻpqirrali boʻlishga undamoqda, – deydi “Kelajak mehr” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.Moʻminov.– Korxonamizning hisobchisi, marketologi, eksport va savdo kabi yoʻnalishlarida oʻz ish yurituvchilari bor. Lekin, shunga qaramay men biznesga doir yangiliklardan xabardor boʻlib borishga harakat qilaman. Bugungi uchrashuvda ham koʻp maʼlumot oldik. Yashil loyihalar samaradorligi, yashil kreditlar ahamiyati chuqurroq tushuntirildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

03/06/2024 02:17:11 pm
Qaror ijrosi doirasida

O'zsanoatqurilishbank Axborot xizmati yangi loyihani e'tiboringizga havola etadi. Unda hududlarda amalga oshirilishi rej ...

02/15/2024 06:13:24 pm
O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim G ...

01/22/2024 05:06:12 pm
Qurilish materiallari sanoati: mas’ullik, harakat va natija

Qurilish materiallari sanoati: mas’ullik, harakat va natija O‘zsano ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.03.2023 13:34  
up