SQBning Mastercard
kartasi egasi bo'ling
Aksiya qoidalariga ko'ra, jami 10 AQSh dollari bo'lgan 3 ta xaridni amalga oshiring
Qimmatbaho sovg'alar o'yini
g'olibiga aylaning
Aksiya 2023-yil 15-sentabrdan 15-dekabrgacha uch bosqichda boʻlib oʻtadi:
1-bosqich: 2023-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha;
2-bosqich: 2023-yil 16-oktyabrdan 15-noyabrgacha;
3-bosqich: 2023-yil 16-noyabrdan 15-dekabrgacha;
Oʻyin gʻoliblari Random.org tasodifiy sonlar generatori orqali rasmiy SQB Facebook sahifasida jonli efirda aniqlanadi.
Sovrinli oʻyinda ishtirok etish uchun siz xaridlarni amalga oshirishingiz va SQBning Mastercard kartasi orqali jami qiymati 10 AQSh dollaridan kam bo'lmagan 3 (uch) ta to'lovni savdo terminallari yoki Internet orqali Oʻzbekiston hududida, yoki tashqarisida amalga oshirishingiz kerak. Bunda ortig'i bilan qilingan har bir to'lov ishtirokchiga gʻolibni tanlashda qoʻshimcha imkoniyat beradi.
Bosqichlardan birida gʻolib boʻlgan ishtirokchi ushbu aksiyaning keyingi bosqichlarida ishtirok eta olmaydi.
Mastercard World butun dunyo bo'ylab tez, oson va xavfsiz tranzaktsiyalar uchun qulay to'lov vositasidir
Qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatini boy bermang-bizning Instagram, Telegram va Facebook kanalimizga hoziroq obuna boʻling!
Aksiya 3 bosqichda oʻtkaziladi. Aksiya gʻoliblarining umumiy soni 45 kishi.
Aksiya bosqichlari:
1-bosqich: 2023-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha;
Oʻyin sanasi: 24-oktyabr 2023-yil;
Sovrinlarni topshirish sanasi: 2023-yil 1-noyabr
2-bosqich: 2023-yil 16-oktyabrdan 15-noyabrgacha;
2023-yil 23-noyabr;
Sovrinlarni topshirish sanasi: 2023-yil 30-noyabr;
3-bosqich: 2023-yil 16-noyabrdan 15-dekabrgacha;
Oʻyin sanasi: 22-dekabr 2023-yil;
Sovrinlarni topshirish sanasi: 2023-yil 28-dekabr;
Oʻyin gʻoliblari Random.org tasodifiy raqamlar generatori yordamida jonli efirda bankning @sqbuz Facebook sahifasida aniqlanadi
Aksiyada "Oʻ zsanoatqurilishbank"ATBda chiqarilgan biron-bir turdagi Mastercard kartalarining egalari bo ʼlgan Oʻ zbekiston Respublikasi fuqarolari, O ʼzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi (Oʻ zbekiston Respublikasi rezidentlik guvohnomasiga ega bo ʼ lgan) xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Aksiyada ishtirokchisi Oʻzsanoatqurilishbankda aksiya oʻtkazilishidan oldin yoki uning davomida chiqarilgan har qanday turdagi Mastercard kartasi egasi boʻlishi zarur. Aksiyaning joriy bosqichida savdo terminallari yoki elektron tijorat/internet do'kon (POS yoki EPOS) orqali bitta Mastercard kartasidan jami 10 AQSh dollaridan (yoki summa ekvivalentida) kam bo'lmagan 3 ta to'lovni amalga oshirilishi kerak. Ishtirokchining nomiga chiqarilgan SQBning barcha Mastercard kartalari bilan aksiyada ishtirok etishingiz mumkin.
Aksiya davomida amalga oshirilgan har bir to'lov, ishtirok etish shartlari bajarilgandan soʻng, oʻyin gʻolibi boʻlish uchun qoʻshimcha imkoniyat beradi. Oʻyin bosqichlaridan birining gʻolibi ushbu aksiyaning keyingi bosqichlarida ishtirok eta olmaydi.
- Apple iPhone 14 Pro Max 128 GB smartfonlari - 15 dona.;
- 10 mln soʼm miqdoridagi zargarlik buyumlari uchun sertifikatlar - 15 dona.;
- Sony PlayStation-5 DIGITAL EDITION 825gb/Go oʻyin pristavkalari -15 dona.
Aksiyaning qoʻshimcha mukofoti-2023-yil 15-sentabrdan 15-dekabrgacha biron-bir turdagi Mastercard kartasini ochgan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB mijoziga taqdim etish uchun Yandex stansiyalari va charm toʻplamlari.
"O ʼ zsanoatqurilishbank"ATB bilan mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomada boʻ lgan shaxslar aksiya ishtirokchilari bo`lishi mumkin emas.
Aksiyada ishtirok etish ushbu aksiyani oʻtkazish va ishtirok etish qoidalariga toʻliq rozilik berishni oʻz ichiga oladi. Ushbu qoidalar buzilgan taqdirda, ishtirokchi aksiyada ishtirok etish va sovrin olish huquqidan mahrum qilinadi. Sovrinni olish uchun aksiya ishtirokchisi ushbu qoidalarda belgilangan barcha talablarni aksiya davomida, sovrin olinganligini tasdiqlovchi hujjat imzolangunga qadar bajarishi shart.
Aksiya gʻoliblari sovrin (sovrinlar) olish bilan bogʻliq barcha tegishli soliqlar va majburiy toʻlovlarni davlat byudjetiga mustaqil ravishda toʻlashlari shart. To ʼlash tartibi Oʻ zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va qonun hujjatlariga muvofiq bo ʼ lishi kerak.
Gʻoliblar oʻz sovrinlarini tovarni sovrin summasiga sotib olish yoki sovrinning pul ekvivalentini talab qilish orqali almashtirishga haqli emaslar. Bundan tashqari, mukofotni qoʻshimcha toʻlov yoki qiymat farqini qaytarish sharti bilan yuqori yoki past qiymatga ega boʻlgan boshqa mukofot bilan almashtirish mumkin emas.
Tashkilotchi ushbu qoidalarga oʻz xohishiga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Har qanday oʻzgartirishlar kuchga kirishidan 3 ish kuni oldin www.sqb.uz web-saytida eʼlon qilinadi. Tashkilotchi, shuningdek, sovrinlar roʻyxati va hajmini oʻzgartirish yoki kengaytirish huquqiga ega.
Tashkilotchi ishtirokchilarning aksiyada ishtirok etishi bilan bogʻliq yoʻqotishlar, xarajatlar yoki boshqa har qanday xarajatlarni qoplamaydi.
Tashkilotchi sovrin egasining sogʻligʻi yoki hayotiga, shuningdek, sovrin muddati davomida uchinchi shaxslarning mol-mulki, sogʻligʻi yoki hayotiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar emas.
Agar aksiya gʻolibi aksiyaning soʻnggi bosqichi tugaganidan keyin bir oy ichida sovrin uchun tashkilotchiga murojaat qilmasa, talab qilinmagan sovrin tashkilotchi oʻz xohishiga koʻra foydalanadi.
Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida O‘zbekiston Respublik ...
BatafsilJoriy yilning 5-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank sohas ...
BatafsilIjtimoiy tarmoqlarda Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan “Realsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan 700 mln. ...
Batafsil8 dekabr-dam olish kuni. 9 dekabr kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha bankning navbatchi ofislari xalqar ...
Hurmatli mijozlar! Bugun soat 14: 00 dan 15: 00 gacha Aloqa markazi ish faoliyatida provayderning rej ...
Hurmatli mijozlar! 2023-yil 4-dekabrdan Western Union xalqaro to‘lov tizimi orqali O‘zbekistondan Yevropa, ...