Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti

Orzularingizni biz bilan amalga oshiring.

car

Kredit summasi

327,2 mln so’mgacha

Kredit stavkasi

18 %

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang'ich badal

15 %
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Sizga yaqin bo'lgan bank o'fisiga kerakli hujjatlarni topshiring

Bank bilan kredit shartnomasini tuzish orqali to'lovni oling


Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Sotib olish shartnomasi

Kredit O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

JOYDA mobil ilovasi orqali

Download JOYDA

Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo’shimcha xarajatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kredit maqsadi:

yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun

Yillik foiz stavkasi:

MB asosiy stavkasida + 4 %

Boshlang‘ich to‘lov:

15 %

Kredit muddati:

20 yil

Imtiyozli davr:

6 oy (mijozning xohishiga ko'ra)

Kredit maksimal miqdori:

327 250 000 so'm

To'lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial

Hudud:

Qoraqolpog'iston Respublikasi va viloyatlar

Maxsulotni olish usuli:

-xususiy pudrat tashkilotlari hisobvarag‘iga

-qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar/savdo do‘konlari hisobvarag‘iga

-o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar nomiga ochilgan bank kartalariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi


Qo'shimcha shartlar:

- qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi belgilangan me'yordan yuqori bo‘lganda, ularning bank oldidagi qarz majburiyatini ta'minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblashda qo‘shilishi mumkin

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi

- Toshkent shahrida yakka tartibda uy-jo'ylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratilmaydi


Hujjatlar

Shartnoma

Yuklab olish
  • krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan О‘zbekiston respublikasi fuqarosi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
  • kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • kamida 6 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi.
  • daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar (bank xodimi tomonidan Crobs dasturi orqali elektron ma'lumotlar olinadi);


    • pasport yoki pasport o'rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
    • daromadlari to'g'risidagi hujjatlar/elektron ma'lumotlar (bankning Crobs dasturi orqali aniqlanadi);
    • yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga bo'lgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
    • yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa mol-mulk bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
    • uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish taqiqlanadi);
    • pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish bo'yicha shartnoma (pudrat tashkiloti jalb qilingan taqdirda talab qilinadi);
    • ipoteka kreditining boshlang'ich badali va foizlarning bir qismini O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda “Subsidiya xabarnomasi”; (zarur hollarda)
    • uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlashga ko'maklashish Komissiyasining uy-joyga muhtoj xotin-qizlar bo'yicha qabul qilgan qarori; (zarur hollarda)
    • qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo do'koni, o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan ro'yxatdan o'tgan yollanma ishchilar o'rtasida tuzilgan shartnoma;
    • shuningdek, qonunchilikda ko'rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

  • Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;
  • Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari;
  • Uy-joy sugʻurtasi.

  • Savollaringiz bormi?

    Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

    Qoʻngʻiroq qilish

    Oxirgi yangilanish sanasi: 09.04.2024 16:15  
    up