main-image
KREDIT KARTASI
40 kungacha foizsiz foydalaning
50 000 000 so'mgacha
50 000 000 so'mgacha

kredit limiti

40 kungacha foizsiz

har qanday xarid uchun

0 so'm

kartani chiqarish va unga xizmat ko'rsatish

48 oy

kredit muddati

Kredit kartani ochish oson
  • Agar siz SQB mijozi bo'lsangiz
  • Agar siz hali SQB mijozi bo'lmasangiz (tez kunda)
1-qadam
Kredit karta ochish uchun JOYDA mobil ilovasida ariza to'ldiring, kerakli kredit miqdorini belgilang. Bank javobini kuting.
2-qadam
Kartani Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uy manzilidagi bank ofisi kassasidan oling.
O'zingiz bilan pasportingizni olishni unutmang.
1-qadam
JOYDA mobil ilovasini o‘rnating, ilovaga o’z bankingizning ish haqi kartasini qo‘shing.
2-qadam
JOYDA mobil ilovamizda “Kreditlar” bo‘limida karta olishni rasmiylashtiring, kerakli kredit summasini va Sizga kartani olish qulay bo‘lgan filialni ko‘rsating.
3-qadam
Bankdan kartani oling va puldan zavq bilan foydalaning! (Pasportingizni o'zingiz bilan olib kelishni unutmang)
2 daqiqada arizani to'ldiring -
bor-yo’g’i telefoningiz orqali tizimga kiring
  • Tarifar va shartlar
  • Tavsif
  • Ta’minot
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar

Karta valyutasi

So'm

Kartani chiqarish

Bepul

Xizmat ko’rsatish narxi

0 so'm

Foizsiz muddati

Xarid qilish uchun 40 kungacha

Kredit limiti

2 000 000 so'mdan 50 000 000 so'mgacha

Foiz stavkasi

26,9 %

Kredit muddati

48 oy

Bank bankomatlarida va kassalarida naqd pulni yechib olish

Komissiya toʼlovi operatsiyaning 2,9% miqdorida
(xizmat ko'rsatuvchi banknnig qo'shimcha vositachilik haqi olinishi mumkin)

Kartadan kartaga/bank hisobvarag'iga/elektron hamyonga pul o'tkazish

Pul O'tkazma summasidan 2,9% miqdorida vositachilik haqi

Chet elda savdo va xizmat uchun toʻlovlar

0,6 AQSh doll. (QQS bilan)

Kartani to'ldirish

Bepul

Yo'qolgan yoki o'g'irlangan holatida kartani bloklash

Bepul

Operatsiyalar haqida SMS-xabar berish

Bepul

Sanoatqurilishbankning Visa classic kredit kartasi bank mablag'lari hisobidan tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish, Visa to'lov tizimi ishlaydigan dunyoning istalgan nuqtasida naqd pul olishga imkon beradi. Bu sayohat vaqtida kredit kartani tengsiz yordamchiga aylantiradi.

Kredit karta asosan naqd pulsiz xaridlar uchun mo'ljallangan. Tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun to'lov amalga oshirilganda va ishlatilgan kredit mablag’lari keyingi oyning 10-sanasigacha to'liq qaytarilsa, ushbu to'lovlar uchun 40 kungacha bo’lgan foizlar to'lanmasdan imtiyozli davr taqdim etiladi.

Naqd pul olish, bank hisobvarag'lariga, elektron hamyonlarga va kartalarga (P2P) pul o'tkazish uchun 2,9% miqdorida komissiya olinadi.

Terminal va bankomatlarga xizmat ko'rsatadigan bank tariflariga asosan qo'shimcha komissiya olinishi mumkin. Naqd pul olish uchun O'zsanoatqurilishbank xalqaro kartalarga xizmat ko'rsatish bankomatlari, xalqaro kartalar va Humo tizimi kartalariga xizmat ko'rsatish terminallaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Kredit limiti tasdiqlangandan so'ng, kartani Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 5-uy manzilidagi Toshkent shahar mintaqaviy bank xizmatlar ofisi kassasidan olib ketish mumkin.

Kredit karta qarzini qanday to'lash mumkin
Kredit karta qarzni shakllantirish, foizlarni hisoblash va qarzni qaytarishning tartibi farq qiladi.

Qarzdorlik kredit kartaga JOYDA mobil ilovasi orqali boshqa kartadan pul o'tkazish va bank kassasi orqali to'ldirish yo'li bilan so'ndiriladi.

Kredit karta "qancha pul sarflagan bo'lsangiz, shuncha pul to'laysiz" tamoyili asosida ishlaydi. Foizlar faqat amalda sarflangan summa bo'yicha hisoblanadi. Xarajatlar bo'lmasa, qarz ham bo'lmaydi.

Oyning boshida mijozga 10-sanagacha to'lashi kerak bo'lgan barcha qarzlar va o'tgan oy uchun oylik majburiy to'lov qoldig'i bilan SMS-xabar yuboriladi.

Xaridlar bo’yicha bank pullaridan foydalanganlik uchun foizlar, SMS-xabarda ko'rsatilgan muddatgacha va to'liq so'ndirilmagan taqdirda, qarzdorlik sifatida aks ettiriladi.

Agar imtiyozli davr tugagan va qarzdorlik qolgan bo'lsa, har oylik hisoblangan foizlarni hisoblash va oylik majburiy to'lovlarni amalga oshirish rejimi boshlanadi.

Kreditdan farqli o'laroq, kartada aniq to'lov jadvali mavjud emas. Kechiktirilgan to'lovlarga yo'l qo'ymaslik uchun siz kartani kamida bir oylik majburiy to'lov miqdorida to'ldirishingiz kerak. Uni o'tkazib yubormaslik kerak, aks holda muddati o’tgan qarzdorlik yuzaga keladi va unga yuqori foiz hisoblanadi.

Oylik majburiy to'lov asosiy qarzdorlik miqdorining 10%i va shartnomada ko'rsatilgan stavkada hisoblangan foizlardan iborat bo'ladi.

Siz majburiy to'lovdan ko'proq miqdorda to'lashingiz mumkin. Qancha ko'p to'lasangiz, keyingi to'lov, kredit bo'yicha foizlar shunchalik kam bo'ladi.

Ta’minot
Kreditni to'lamaslik xavfini sug'urtalash
polisi, onlayn tarzda rasmiylashtiriladi
Qarz oluvchi - kredit olish uchun ariza berilgan kuni 20 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lishi kerak;

- barcha berilgan kreditlar, kafolatlar bo’yicha majburiyatlar yuzasidan qarz yuki o'rtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;

- doimiy daromadlar, kamida oxirgi 6 oy davomida uzluksiz bo’lishi kerak;

- mijozni skoring baholashdan kelib chiqqan holda, qarz oluvchining boshqa banklarda qolgan barcha kredit mablag'lari borligini, shuningdek, olinishi mumkin bo’lgan, 50 million so'mdan oshmasligi lozim bo’lgan mikrokreditlarning umumiy miqdori mavjudligini hisobga olish kerak;

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.11.2022 17:54  
JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore
up