img

UZCARD

Mazkur kartaning qulayligi Sizga kundalik hayotingiz va faoliyatingizda yordamchi bo‘ladi.




UZCARD plastik kartasining afzalliklari


Istalgan joyda - savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ham savdo terminallari, ham virtual terminallar orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati

«UZCARD» plastik kartalari ish haqi va pensiya uchun bepul taqdim etiladi

Bank kassalari va bankomatlar orqali (faqat jismoniy shaxslar kartalari bo‘yicha) naqd pul mablag‘larini olish

Ko‘plab mobil ilovalar, shu jumladan JOYDA mobil ilovasi orqali kartadan kartaga pul mablag‘larini o‘tkazish

  • Karta haqida
  • Tariflar
  • Zarur hujjatlar
UZCARD plastik kartasi  - bu  «UZCARD» mahalliy banklararo to‘lov tizimi kartasi. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB yuridik va jismoniy shaxslar uchun «UZCARD» bank plastik kartalarini taklif etadi. Foydalanishda qulayligi va soddaligi tufayli ushbu kartalar Sizga kunlik shaxsiy hayotingiz va ish faoliyatingizda yordamchi bo‘ladi. Pensiya yoki ish haqining plastik kartaga tushirilishi Sizni naqd pullarni hamyoningizda olib yurishindan ozod etadi va mablag‘lar xavfsizligi, o‘zaro hisob-kitoblar aniqligini ta’minlaydi.
«UZCARD» plastik kartalari ish haqi va pensiyalarni tushirish uchun bepul taqdim etiladi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalarida hamda bankda «UZCARD» plastik kartalar vositasida sarf-xarajat amaliyotlarini bajarishda komissiya undirilmaydi.
TariflarQiymati
Kartani chiqarish30 000 so‘m (QQS bilan)
Ish haqi, pensiya, ijtimoiy to‘lovlar va stipendiyalarni to‘lash uchunBepul
Qo‘shimcha kartalarni chiqarish30 000 so‘m
Kartani qayta chiqarish (amal qilish muddati tugaganda, karta yo‘qotilganda, eskirganda, shikastlanganda)30 000 so‘m
Kartaga xizmat ko‘rsatishBepul
Karta hisobvarag‘ini bank ofislarida, ADM (avtomatlashtirilgan depozit mashinalari) va bankomatlar orqali to‘ldirishBepul
Naqd pul mablag‘larini berilishi:
- xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida: "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB milliy toʻlov kartalaridanBepul
boshqa banklarning milliy toʻlov kartalaridanSummadan 1%
- bankomatlarda (milliy toʻlov kartalaridan)Summadan 1%
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ADM, infokiosk, bankomat uskunalari orqali kredit/lizing uchun to‘lovlarni amalga oshirishSummadan 1%
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning xizmat ko‘rsatish shahobchalari, ADM, infokiosk, bankomat uskunalari orqali kommunal uchun to‘lovlarni amalga oshirishBepul
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda maxalliy to‘lov tizimlari orqali savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishBepul
Bank kartasini “Stop-listga” kiritish yoki undan chiqarish, shuningdek, blokdan chiqarishBepul
  1. Pasport yoki id karta
  2. Tug'ilgan xaqida guvoxnoma (14 yoshdan katta va 16 yoshdan kichiklar uchun)

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.11.2022 15:20  
JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore
up