Korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi boshligʻi

Oʻzsanoatqurilishbank Korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi boshligʻi lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif etadi

SIZNING VAZIFALARINGIZ:
- bankda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

NOMZODGA QOʻYILGAN TALABLAR:
- oliy maʼlumot (iqtisodiyot yoki yuridik yoʻnalishida);
- bank va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida 5-yillik ish tajribaga ega boʻlish; 
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega boʻlish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor boʻlish;
- oʻzbek va rus tillarini mukammal bilish;
- tanqidiy, tahliliy fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati.